“Beş taşabbus olimpiadasi” ğoliblari taqdirlandi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport saroyida oliy taʼlim muassasalari talaba qizlari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida voleybol böyiça musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi.
Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, ularning sportga bölgan qiziqişini oşiriş va jismoniy faolligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan musobaqa juda qizğin kuraşlarga boy böldi.

Musobaqa davomida oliy taʼlim muassasalari jamoalari özaro kuç sinaşib, maydonda çaqqonlik, epçillik, jamoada işlaş va yuqori sport mahoratini namoyiş etdi. Ayniqsa, iştirokçilarning har bir oçko uçun murosasiz kuraşi, ğalabaga bölgan intilişi va jamoaviy hamjihatligi musobaqaga kötarinki ruh bağişladi.

Şunday qilib, musobaqa yakunida birinçi örin Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, ikkinçi örin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, uçinçi örin Nukus davlat texnika universiteti jamoalariga nasib etdi.
Ğolib va sovrindorlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan taqdirlandi.
Ğolib jamoa musobaqaning respublika final bosqiçiga yöllanma oldi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri