“Samarkand Marathon 2026” da 60 dan ortiq davlatdan sportçilar iştirok etadi
Bugun Samarqandda “Samarkand Marathon 2026” xalqaro xayriya yuguriş musobaqasi boşlanadi.
Musobaqa oldidan marafon taşkilotçilari va sportçilar iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi marafonlarni taşkil etiş bölimi boşliği, “Samarkand Marathon” turkumi rahbari Mirxan Sagitov, bir neça karra jahon çempionlari keniyalik Leonar Barsoton, Ruben Nari, Dikson Kiprop, efiopiyalik Mamo Mengistu va boşqalar Samarqand marafoni, bu yilgi musobaqalardan kutilayotgan natijalar haqida öz fikrlarini bildirdilar.
2019-yildan buyon Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan ötkazilayotgan va dastlab yarim marafon sifatida taşkil etilgan, 2022-yildan 42 kilometrlik masofa qöşilib, tölaqonli marafonga aylangan “Samarkand Marathon” xalqaro musobaqasi nufuzi yil sayin oşib borayotgani taʼkidlandi. Dastlabki yarim marafonda 25 davlatdan 1100 nafar iştirokçi qatnaşgan bölsa, bu yilgi musobaqalarda 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet röyxatdan ötgan. Ular orasida Olimpiya öyinlari, jahon çempionatlari va yirik xalqaro marafonlar ğoliblari va iştirokçilari bor.
Eʼtiborlisi, “Samarkand Marathon” xayriya yuguriş musobaqasi yaqinda Butunjahon atletika federatsiyasining “Elite Label” mukofotiga sazovor böldi va “World Athletics Elite Label” maqomini oldi.
Bu yilgi Samarqand marafonida bir neça bor Olimpiya va jahon çempioni bölgan afsonaviy sportçi britaniyalik ser Mo Fara mehmon sifatida iştirok etib, musobaqalarga start beradi va ğoliblarni taqdirlaş marosimlarida iştirok etadi.
Marafonning bugungi dasturidan 2 va 5 kilometr masofalarga yuguriş, 2 kilometr masofaga skandinavça yuriş, inklyuziv yuguriş, şuningdek, bolalar uçun Kids Run musobaqalari örin olgan.
[gallery-32398]]
Asosiy marafon iştirokçilari 8-noyabr kuni 42,2 kilometr, yarim marafon iştirokçilari 21,1 kilometr masofani bosib ötadi, şuningdek, 10 kilometr masofaga yuguriş musobaqasi ham ötkaziladi.
Marafon boşlanişi va marra Registon maydoni etib belgilangan. Iştirokçilar Samarqand tarixiy-madaniy yodgorliklari atrofidan ötgan yuguriş yölaklarida harakatlanadi.
Bu yili marafondan tuşgan mablağ mamlakatimiz hududlarida bolalar sport maydonçalari taşkil etişga yönaltiriladi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari