Nodirbek Yoqubboyev “Freestyle Friday” turnirida ğoliblikka erişdi
Isteʼdodli şaxmatçimiz Nodirbek Yoqubboyev har haftaning juma kuni onlayn tarzda taşkil etiladigan “Freestyle Friday Championship” saralaş turnirida ğoliblikni qölga kiritdi.
Mazkur turnirning ikki hafta muqaddam ötkazilgan bahsida Yoqubboyev Magnus Karlsen, Arjun Erigaisi, Yan Nepomnyaşiy, Vinsent Kaymer singari nomdorlar bilan kuç sinaşib, 9 oçko bilan 2-örinni egallagan edi.

Bu safar dasturga binoan ötgan 11 ta turda 9,5 oçko töplab, yakka peşqadam sifatida musobaqani birinçi örinda yakunladi va 400 AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofotini qölga kiritdi.

Aytiş lozim, mazkur çempionatning saralaş musobaqalari har haftaning juma kuni bölib ötadi. Mavsum davomida töplagan ballari holatida kuçlilar qatoridan joy olgan 7 nafar şaxmatçi “Freestyle Friday Championship” çempionatining pley-off bosqiçiga yöl oladi.
Keça ötgan “Freestyle Friday Championship”ning navbatdagi bosqiçida Nodirbek Yoqubboyev dunyoning eng kuçli grossmeysterlari sanalgan Yan Nepomnyaşiy, Hans Neymann, Gata Kamskiy singari nomdorlar ustidan ğalabaga erişdi.
T.Röziyev,
ÖzA