Shahram Ahadov Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida vakillarimiz ham ishtirok etmoqda.
Dzyudo bellashuvlarining erkaklar o‘rtasidagi -73 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shahram Ahadov Osiyo o‘yinlari finalida BAA vakili Kazbek Naguchevga qarshi bahslashdi. Polvonimiz ushbu jangda kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalga sazovor bo‘ldi
Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronzaga yetdi.
Bir necha daqiqalardan so‘ng, ayollar o‘rtasida -63 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda dzyudochimiz Marjona Nurullayeva Qozog‘iston vakili Esmigul Қуюлоvaга qarshi tatamiga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA