Alisher G‘aniyev Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi
XX Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi dasturida vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi.
Quvonarlisi, Nagoya shahridagi “Inae” sport markazida o‘tkazilgan ushbu final bahsida hamyurtimiz Alisher G‘aniyev qirg‘izistonlik Joloman Sharshenbekovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 ta oltin, 21 ta kumush va 19 ta bronza, jami 56 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA