Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatga erishgan sportchilar Toshkentda(+video)
XX yozgi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasining birinchi guruhi, ya’ni yengil atletika, o‘q otish, og‘ir atletika sport turi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari kuni kecha poytaxt aeroportida tantanali kutib olindi.
Kutib olish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda tegishli federatsiya mutasaddilari, mutaxassislari, sportchilarning ota-onalari, yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari bu yilgi Osiyo o‘yinlari yurtimiz sportchilari uchun har qachongidan ham murakkab kechayotgan bo‘lsa-da, olovqalb yoshlarimiz yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgani tahsinga sazovor ekanini ta’kidlashdi.
Xususan, og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev chempionlik shohsupasiga ko‘tarilish bilan birga jahon rekordini o‘rnatgani, Sharifa Davronova, Suxrob Xo‘jayev, Barnoxon Sayfullayeva kabi yengil atletikachilarimizning Osiyo o‘yinlari g‘olibligiga erishgani mamlakatimiz sporti nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shish barobarida muxlislarga katta quvonch va faxr bag‘ishladi.
Aytish lozimki, Osiyo o‘yinlarining ortda qolgan o‘n birinchi musobaqalar kuniga qadar O‘zbekiston sportchilari 16 ta oltin, 19 ta kumush, 19 ta bronza medali bilan 45 ga yaqin mamlakat orasida 4-o‘rinni band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, XX yozgi Osiyo o‘yinlari 4-oktabrga qadar davom etadi.
<iframe width="830" height="467" src="https://www.youtube.com/embed/fF3yzGv3fR8" title="Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatga erishganlar Toshkentda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
T.Ro‘ziyev,
Yo.Meliboyev (video),
O‘zA