Serxio Ramos Ronalduning ketishidan manfaatdormi?
“Real” himoyachisi Serxio Ramos Ronalduning klubdan ketishi bilan bogʻlik maʼlumotlarni oshkor qildi.
“Real” himoyachisi Serxio Ramos Ronalduning klubdan ketishi bilan bogʻlik maʼlumotlarni oshkor qildi.
Ispaniyalik himoyachi oʻz intervyusida quyidagilarni bayon qilgan:
“Yaxshi bilasizki, “Real”da penaltilarni faqat Ronaldu amalga oshirardi. Krishtianu tarkibda boʻlgan paytlarda boshqa futbolchilarga bu imkoniyat berilmasdi. U ketganidan soʻng, men bu vazifani bajaryapman. Va, albatta, bundan mamnunman.
“Panenki” uslubida gol urishni yoqtiraman. Bu bilan men hamkasblarimni – raqib darvozabonlarini xafa qilmoqchi emasman”, degan Ramos.