“Sen isteʼdodlisan” tanlovi ğoliblari aniqlandi
Nukus şahrida “Men ham şu Vatanning bunyodkoriman!” şiori ostida alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalar örtasida ötkazilayotgan “Sen isteʼdodlisan” tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi.
Tanlov alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalarning isteʼdodini yuzaga çiqariş, ijodiy salohiyatini rivojlantiriş hamda sanʼatga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Unda tanlovning tuman va şahar bosqiçlarida ğolib bölgan 68 nafar öquvçi iştirok etib, estrada-vokal, anʼanaviy ijroçilik va tasviriy sanʼat yönalişlarida öz mahoratini namoyiş etdi.
Qizğin va kötarinki ruhda ötgan tanlov yakunlariga köra, estrada-vokal va anʼanaviy ijroçilik yönalişlarida Törtköl tumanidagi 30-maktab öquvçilari Hasanboy va Husanboy Ahmedov, tasviriy sanʼat yönalişida esa Nukus şahridagi 24-maktab öquvçilari Dilnoza Umrzoqova va Lola Tölqinova birinçi öringa sazovor böldi.
[gallery-32404]
Tanlov ğolib va sovrindorlari taşkilotçilar tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA