Raqamli transformatsiya davrida Özbekiston – Rossiya media muloqoti (+video)
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Özbekiston – Rossiya III media forumi bölib ötmoqda.
Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning TASS axborot agentligi hamkorligida taşkil etilayotgan mazkur yiğinda davlat hokimiyati organlari, yetakçi ommaviy axborot vositalari hamda nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari iştirok etmoqda.
Anjumanni Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori Abdusaid Köçimov kiriş sözi bilan oçib, bugungi global axborot makonida yuz berayotgan şiddatli özgarişlar şaroitida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va professional muloqotni kengaytiriş muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
Ikki kun davom etadigan forumda raqamli transformatsiya şaroitida Özbekiston va Rossiya media taşkilotlari oldida turgan asosiy vazifalar, axborot sohasidagi yangi imkoniyatlar va hamkorlik istiqbollari atrofliça körib çiqiladi.
Forum doirasida törtta işçi sessiya ötkazilişi rejalaştirilgan. Bugun bölib ötayotgan yalpi majlis Özbekiston va Rossiyaning media, kommunikatsiya va axborot sohalaridagi strategik şerikligiga bağişlangan.
Bundan taşqari, hujjatli va badiiy filmlarni hamkorlikda işlab çiqariş, turli mavzularga bağişlangan qöşma maxsus media loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqiş rejalaştirilgan.
Mediaforum doirasida kibermakonda axborot xavfsizligini taʼminlaş va bolalarni himoya qiliş masalalariga bağişlangan seminar ham taşkil etiladi. Şuningdek, internetda tarqalayotgan yolğon axborotlar va generativ sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontentning haqqoniyligini tekşiriş böyiça mahorat darslari ötkaziladi.
Maʼlumot örnida: Özbekiston – Rossiya mediaforumi uçinçi bor ötkazilmoqda. Ilk forum 2018-yil Toşkentda ötkazilgan bölsa, ikkinçi yiğin 2021-yilda onlayn şaklda ötkazilgan.
Qayd etiş joizki, mazkur forum sohadagi mavjud hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitiş, qöşma media loyihalarni amalga oşiriş va axborot agentliklari örtasidagi amaliy şeriklikni yanada kengaytiriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilmoqda.
M.Ziyo, D.Hakimov,
F.Yaxşiboyeva, D.Yoqubov (video),
ÖzA