Samarqandda tarixiy muhit qayta jonlanmoqda
Samarqand deganda köz öngimizda asrlar silsilasidan omon ötib kelayotgan betakror tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va milliy meʼmorçilikning noyob namunalari gavdalanadi. Bugun köhna kentda ana şu boy tarixiy merosni asrab-avaylaş, sayyohlar uçun qulay şart-şaroit yaratiş va şaharning turistik jozibadorligini oşiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 10-iyundagi «Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Samarqand şahridagi 13 ta köçada zamonaviy turizm infratuzilmasini şakllantiriş, aholi va sayyohlar uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan quriliş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Xususan, Registon maydoni yaqinidagi «Dari Zanjir» va «Şarq» mahallalari hududidan ötuvçi Buxoro köçasining 1,2 kilometrlik qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Bunda köçaning meʼmoriy qiyofasini atrofdagi tarixiy obidalar bilan uyğunlaştiriş, milliy meʼmorçilik anʼanalarini aks ettirişga alohida eʼtibor qaratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 11,5 milliard sömni taşkil etadi.
– Mahallamizdagi 447 ta xonadonda 2 ming 354 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi «Dari Zanjir» mahalla fuqarolar yiğini raisi Alişer Sattarov. – Ayni kunlarda hududimizda keng kölamli bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Ayniqsa, Registon maydonidan Imom Moturidiy maqbarasiga eltuvçi Buxoro köçasi öziga xos tarixiy qiyofa kasb etmoqda. Köça böyidagi 120 dan ortiq xonadon milliy uslubda taʼmirlandi. Hududimizda şu kunga qadar 10 ta kiçik mehmonxona faoliyat yuritgan bölsa, hozirda yana törttasi taşkil etilmoqda. Ularni milliy uslubda jihozlaş orqali xorijlik sayyohlarni ajdodlarimizning turmuş tarzi, urf-odat va anʼanalari bilan yaqindan taniştiriş maqsad qilingan.
Samarqandning tarixiy qismida milliy meʼmorçilik anʼanalari asosida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari şahar qiyofasiga özgaça fayz bağişlaş barobarida, sayyohlik xizmatlari kölamini kengaytiriş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
[gallery-32725]
Buxoro köçasining yangilanayotgan qiyofasi köhna Samarqandning tarixiy muhitini yanada yorqin namoyon etib, şaharning turistik jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.
Alişer ISROILOV (surat), ÖzA