“Samarkand Marathon 2026” bolalar bahsi bilan boşlandi
Samarqandda “Samarkand Marathon 2026” xalqaro xayriya yuguriş musobaqasiga start berildi.
Musobaqa Kids Run dasturi bilan boşlandi. Unda nogironligi bölgan bolalar uçun inklyuziv yuguriş hamda 3 yoşdan 14 yoşgaça bolalar 60 metrdan 1000 metrgaça bölgan masofalarda özaro bahslaşdi.
Bugungi 2 va 5 kilometr masofaga yuguriş bahslari ham ötkazildi. Musobaqada professional sportçilar bilan birgalikda minglab havaskorlar iştirok etdi.
[gallery-32403]
Şuningdek, bugungi dasturda 2 kilometr masofaga skandinavça yuriş böyiça ham iştirokçilar bellaşdi.
Musobaqa ğolib va sovrindorlari taşkilotçilar tomonidan taqdirlandi.
Asosiy marafon iştirokçilari 8-noyabr kuni 42,2 kilometr, yarim marafon iştirokçilari 21,1 kilometr masofani bosib ötadi, şuningdek, 10 kilometr masofaga yuguriş musobaqasi ham ötkaziladi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari