Samaradorlik va ekologik barqarorlik sari
Bugun sanoat korxonalari oldida turgan muhim vazifalardan biri işlab çiqariş hajmini oşiriş bilan birga, atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirişdir. Bu esa zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilişni taqozo etadi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, sanoat korxonalarida “yaşil texnologiyalar”ni keng joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2026-yilgi Davlat dasturida ham ekologik barqarorlikni mustahkamlaş ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangan. Şu maqsadda işlab çiqariş jarayonlarida zararli taşlamalarni kamaytiriş, atmosfera havosiga ifloslantiruvçi moddalar tarqalişining oldini oliş va zamonaviy tozalaş uskunalarini örnatiş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Rux zavodida ham izçil modernizatsiya jarayonlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 3954-sonli qarori asosida 2018-yildan buyon zavod sexlari bosqiçma-bosqiç rekonstruksiya qilinib, işlab çiqariş jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida yangilanmoqda.
Navbatdagi yangilaniş işlari korxonaning muhim texnologik böğinlaridan biri – rux keklari va import qilingan oksidli sanoat mahsulotlarini qabul qiliş hamda qayta işlaşga ixtisoslaşgan Velslaş sexida amalga oşirilmoqda. 1972-yilda foydalanişga topşirilgan, 57 ming 804 kvadrat metr maydonni egallagan mazkur sex murakkab texnologik jarayonlarni qamrab olgan yirik işlab çiqariş majmuasidir. Unda filtrlaş-quritiş, kek ombori va şixta tayyorlaş, peçlar, şuningdek, oksidni uşlab qoliş va kuydiriş bölimlari faoliyat yuritadi.

Joriy yilning fevral oyida sexda keng kölamli yangilaş işlariga kirişildi. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida xizmat qilgan, jismonan va maʼnan eskirgan URFM rusumli gaz tozalaş uskunalari zamonaviy qurilmalarga almaştirilmoqda. Ayni paytda “Olmaliqmetallurgquriliş” tresti mutaxassislari tomonidan eski uskunalarni demontaj qiliş işlari töliq yakunlangan. Ixtisoslaştirilgan taʼmirlaş işlari boşqarmasi jamoasi esa ularning örniga töliq avtomatlaştirilgan yangi filtrlarni örnatiş va montaj qiliş işlarini yakunlaş arafasida.
Mazkur texnologik yangilaniş bir qator muhim natijalarga erişiş imkonini beradi. Avvalo, işlab çiqariş samaradorligi ortib, texnologik jarayonlarning barqaror va uzluksiz işlaşi taʼminlanadi. Şuningdek, qöl mehnati kamayib, işçi-xizmatçilar uçun qulay va xavfsiz mehnat şaroiti yaratiladi. Eng muhimi, sexga örnatilayotgan yangi avlod yengli filtrlari çang va gazlarni 99,5 foizgaça uşlab qoliş imkoniyatiga ega. Bu esa atmosferaga zararli moddalar çiqişini sezilarli darajada kamaytiriş bilan birga, havoga tarqalib ketişi mumkin bölgan qimmatli xomaşyoni uşlab qoliş va uni qayta işlab çiqariş jarayoniga yönaltiriş imkonini ham beradi.

Ayni paytda Velslaş sexi jamoasi oldida işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, mahsulot tannarxini pasaytiriş va resurslardan oqilona foydalaniş kabi muhim vazifalar turibdi. Şu maqsadda texnologik jarayonlarni takomillaştiriş, energiya tejamkor uskunalarni joriy etiş hamda işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş işlari izçil davom ettiriladi.
A.Musayev,ÖzA