Ruhoniyat tasvirlari (+video)
Bobur Vahobjonov ijodida shaxsiy xotira, bolalik taassurotlari, inson ruhiyati va falsafiy mushohadalar o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etadi. Rassom o‘z asarlarida hayotiy tajribalarni shunchaki tasvirlab qolmasdan, ularni ramz va metaforalar orqali qayta talqin qiladi. Shu jihatdan uning ijodiy izlanishlari zamonaviy tasviriy san’atda insonning ichki olami va xotirasiga murojaat qiluvchi o‘ziga xos badiiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi.
Vahobjonov Bobur Ahmadjon o‘g‘li 1991-yil 22-aprelda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. Uning san’atga bo‘lgan qiziqishi yoshlik yillaridan shakllanib, keyinchalik bu qiziqish kasbiy maqsad va ijodiy izlanishlarga aylangan.
Uning “Qopqon”, “Ilhaq”, “Rad etish” kabi asarlarida insonning ichki holati, ruhiy cheklovi va muayyan vaziyatdan chiqib ketolmaslik hissini anglatuvchi metafora sifatida talqin qiladi. Asardagi obrazlar real voqelikning aynan nusxasi bo‘lishdan ko‘ra, inson ongidagi xavotir va ichki ziddiyatlarning belgisi sifatida namoyon bo‘ladi.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/R_ElV4w8oGY" title=""Rassom ustaxonasi": Bobur Vahobjonov 1-qism" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramozonova, Nishonboy Abduvoitov, Salimjon Obidjonov, O‘zA