Rossiya paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Moskva shahrida Rossiya paralimpiya qo‘mitasining 30 yilligiga bag‘ishlab sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi nomi e’tirof etildi.
40 dan ortiq davlatning Milliy paralimpiya qo‘mitalari va xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari, xususan, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi raisi Majid Rashid, AQSH Paralimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Liliana Suares ishtirok etgan konferensiyada O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hikmat Toshmatov Rossiya milliy paralimpiya qo‘mitasi mutasaddilari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr almashdi.

Anjuman davomida jahon bo‘ylab imkoniyati cheklangan insonlarni para sport turlariga jalb etish, paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot jarayonida para sport murabbiylarining murakkab ish tizimi, adaptiv sport turlarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilindi
T.Ro‘ziyev,
O‘zA