“Mo‘ynoq ralli”: g‘oliblar aniqlandi
Qoraqalpog‘istonning olis va betakror hududi – Mo‘ynoq tumanidagi Ustyurt yassiligida uch kun davom etgan “Mo‘ynoq ralli” avtomobil musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamkorligida cho‘l bag‘ridagi murakkab marshrutlar bo‘ylab tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqa ishtirokchilari jasorat, matonat va yurtga sadoqat namunasini ko‘rsatishdi.
[gallery-29641]
Musobaqa yakunida dvigatel hajmi 125 sm3gacha mototsikllar sinfida birinchi o‘rinni Buxoro viloyatidan Bekzod Halimboyev, ikkinchi o‘rinni Navoiy viloyatidan Bogdan Saturyan, uchinchi o‘rinni Toshkent shahridan Vohid Niyozov, dvigatel hajmi 500 sm3 mototsikllar sinfida Buxoro viloyatidan Baxtiyor Ahmedov birinchi, Jasurbek Samatov ikkinchi, Navoiy viloyati Adxam Temirov uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, “Baggi” sinfida birinchi o‘rinni Jizzax viloyatidan Xurshid G‘aniyev, ikkinchi o‘rinni Andijon viloyatidan Mirsodiq Alixonov, uchinchi o‘rinni Buxoro viloyatidan Saidjon Subhonov egalladi.
Shuningdek, dvigatel hajmi 1600 sm3gacha bo‘lgan “A-8”sinfida birinchi o‘rinni Jizzax viloyatidan Baxtiyor Toshboyev, ikkinchi o‘rinni Sirdaryo viloyatidan Odiljon Norqo‘ziyev, Asqar Hasanov, uchinchi o‘rinni Andijon viloyatidan Sarvar Tojikulov, Akmal Jo‘rayev, dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “A-9” sinfida birinchi o‘rinni Jizzax viloyatidan Temur Ahrorqulov, Akromxo‘ja Sunnatxo‘jayev, ikkinchi o‘rinni Andijon viloyatidan Ibrohim To‘ychiyev, Baxtiyor To‘ychiyev, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatidan Shuhrat Obidjonov, Sergey Skvorsov ekipaji qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.