Reklama ovozi tomoşabinga noqulaylik tuğdirmasligi kerak
Raqobat qömitasiga teletomoşabinlardan efirda namoyiş etiladigan ayrim reklama bloklarining ovozi teledasturlar ovoziga nisbatan ança baland ekani yuzasidan murojaatlar kelib tuşmoqda.
Bunday holatlar tomoşa qiliş jarayonida noqulaylik tuğdirişi mumkin. Teleradioefirda reklama joylaştirişda ovoz darajasiga nisbatan qonunçilikda aniq talablar belgilangan.
Xususan, "Reklama töğrisida"gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va reklama haqidagi anons ovozining balandligi reklama bilan uzib qöyilgan teledastur yoki telekörsatuv ovozidan baland bölişiga yöl qöyilmaydi.
Raqobat qömitasi mazkur talablarga rioya etilişini nazorat qilib boradi. Zarur hollarda reklama ovozining belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi texnik vositalar yordamida tekşiriladi.
Qonunçilik talablarini buzgan holda reklama tarqatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Şu bois ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallar, reklama agentliklari hamda reklama tarqatuvçilar, eng avvalo tomoşabinlar manfaatlarini inobatga olgan holda reklama materiallarini efirga uzatişlari kerak.
N.Rahmonova,
ÖzA