Rassomlar qişloği: sanʼat va turizm tufayli özgarayotgan hayot
Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi bir qişloqda oddiy dehqonlar qöliga möyqalam olib, öz hayoti, mehnati va tuğilib ösgan maskanining gözalligini ranglarda aks ettirmoqda. Bu yerda sanʼat faqat ijod zavqi emas, balki qişloq taraqqiyoti, aholi bandligi va turizmni rivojlantirişning öziga xos vositasiga aylangan.
Şinjonning Jimsar uyezdi Sindi volostida joylaşgan Syaofenszi qişloği bugun “Rassomlar qişloği” nomi bilan tanilmoqda. Qişning ilk kunlarida uning toğ yonbağirlarini qor qoplagan. Dala işlari biroz töxtagan ayni paytda ham qişloq aholisi böş ötirgani yöq. Masalan, 64 yoşli Çjan Sinsyan kunlarini rangtasvir bilan ötkazadi.
– Rasm çiziş nafaqat bolalik orzumni röyobga çiqardi, balki kundalik hayotimga ham rang bağişladi, – deydi u. Uyining devorlariga qişloq manzaralari aks etgan bir neçta asar ilingan. Bu kartinalar orqali ijodkor ayol öz yurtiga bölgan mehrini ifoda etadi.
Yaqinda Şençjen şahrida “Yerdan ösib çiqqan kartinalar” nomli Şinjon dehqonlar tasviriy sanʼati körgazmasi taşkil etildi. Unda namoyiş etilgan 22 ta asarning aksariyati aynan Syaofenszi qişloğida yaşovçi dehqon-rassomlar ijodiga mansub. Çjan Sinsyanning işlari ham körgazmadan örin olgan.
Qişloqning bugungi qiyofasiga nazar taşlasak, bunday özgarişlar qanday boşlangani qiziq. Tyan-Şan toğlarining şimoliy etaklarida joylaşgan Syaofenszida toğli hududlar köp, ekin maydonlari esa nisbatan kam. Şu bois ilgari aholi turmuşi köp jihatdan tabiiy şaroitga boğliq bölgan. Daromadlar pastligi sababli qişloq bir vaqtlar kambağal hududlar qatorida ham qayd etilgan.
Taxminan 2014-yildan boşlab bu yerga ijodiy izlanişlar olib boriş, tabiat va qişloq hayotidan ilhom oliş maqsadida turli hududlardan rassomlar kela boşladi. Ayrimlari şu yerda muqim yaşab qoldi. Vaqt ötişi bilan ularning ijodi mahalliy aholi hayotiga ham taʼsir körsatdi. Qişloqda sanʼat galereyasi, mehmon uylari, barlar taşkil etildi. Mahalliy aholi esa sayyohlik xizmati, mehmon uylarini boşqariş, qahvaxonalarda işlaş kabi yangi faoliyat turlarini özlaştirdi.
Masalan, Ma Şensi ön yil avval öz uyini taʼmirlab, qişloqdagi ilk mehmon uyini oçgan. Mehmondöstlik, tozalik va şinam muhit tufayli sayyohlik mavsumida bu maskan mehmonlar bilan gavjum böladi. Keyinçalik oilasi yangi uy qurgaç, avvalgi xonadonni qişloq sanʼat galereyasiga aylantirgan. Uning devorlarida turli rassomlar çizgan kartinalar joy olgan. Har bir asar esa alohida bir voqea va tarixni hikoya qiladi.
Ma Xaylyan esa rassomlar maslahati bilan avval çorva saqlangan eski binoga yangiça hayot bağişladi. Uni sayyohlar dam olib, hordiq çiqarişi mumkin bölgan öziga xos barga aylantirdi. Şuningdek, foydalanilmayotgan xonalarni mavzuli mehmon uylari sifatida qayta jihozladi. Natijada bu maskanlar sayyohlar eʼtiborini qozonib, unga har yili 60 ming yuandan ziyod qöşimça daromad keltirmoqda.
Qişloqqa ilk kelgan rassomlardan biri Lyu Yanxunning fikriça, bugun mahalliy aholi hayotidagi eng katta özgarişlardan biri odamlarning qiziqişlari va dunyoqaraşidagi yangilanişdir. Ilgari ular köproq çorva mollarining narxi bilan qiziqqan bölsa, endi köpçilik möyqalam tutib, oddiy qişloq hayotini rang-barang tasvirlarda ifodalaşga intilmoqda.
Dastlab qişloq xöjaligi işlaridan böş vaqtdagi maşğulot sifatida boşlangan rangtasvir asta-sekin haqiqiy ijodga aylandi. Sanʼat odamlarga nafaqat qöşimça daromad manbaini, balki öz yurtining qadrini anglaş, uning gözalligini boşqalarga körsatiş imkonini ham berdi.
Bugun Syaofenszida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 nafardan ziyod rassom yaşab, ijod qilmoqda. Qişloqda 20 dan ortiq mehmon uyi va qişloq restoranlari faoliyat yuritadi. Har yili bu yerga 300 mingdan ziyod sayyoh taşrif buyuradi. Turizmdan tuşadigan yillik daromad esa 8 million yuandan oşgan.
– Qişloq hududlarini rivojlantiriş faqat aholi farovonligini oşiriş bilan çeklanmaydi. Har bir inson qalbida ham iştiyoq va intiliş uyğotiş zarur, – deydi Çjan Sinsyan.
Darhaqiqat, Syaofenszi tajribasi qişloq taraqqiyotida mahalliy imkoniyatlar, madaniy meros va aholi taşabbusini birlaştiriş qanday natija berişi mumkinligini körsatadi. Bir vaqtlar iqtisodiy imkoniyatlari çeklangan bu maskan bugun nafaqat sayyohlik manzili, balki dehqonlar ham ijodkor bölişi, sanʼat esa yangi daromad va taraqqiyot manbaiga aylanişi mumkin bölgan öziga xos tajriba sifatida eʼtibor qozonmoqda.
Nilufar Bozorova, ÖzA