Olmonlar nega Mersdan norozi? (+video)
Germaniya aholisining 88 foizi Federal Kansler Fridrix Mers faoliyatidan qoniqmayapti. Sörovnomada qatnaşganlarning atigi 11 foizi uning işini ijobiy baholagan. Hatto öz partiyasi tarafdorlari orasida ham yetakçidan norozilar köpçilikni taşkil qilmoqda, deb yozgan “Euronews”.
Hozirgi siyosiy vaziyatga qarşilar uluşi ötgan haftaga nisbatan yana oşgan. Bu Mers uçun rekord darajadagi past körsatkiç hisoblanadi.
Maʼlumotga köra, GFRning iqtisodiy holati aholi siyosiy qaraşiga jiddiy taʼsir körsatmoqda. Energiya narxi yuqoriligi, pensiya masalasi va moliyaviy islohot hukumat uçun jiddiy muammoga aylangan.
Söralganlarning 64 foizi yaqin yillarda iqtisodiy vaziyat yanada yomonlaşişini taxmin qilgan. Atigi 17 foiz odam ahvol yaxşilanişiga işonadi. Şunça odam hozirgi ahvol özgarmaydi, deb hisoblaydi.
Hukumat elektr energiyasi bojini kamaytiriş rejasini tuzgan. Afsuski, bu çora ham aksar aholini qoniqtirmayapti. Tahlilda qatnaşganlarning 59 foizi tok soliğini vaqtinça emas, doimiy ravişda kamaytiriş tarafdori.
Odamlar siyosiy partiyalarga ham işonmayapti
Sörovnomaning yana bir muhim natijasi şundaki, Germaniya aholisining 57 foizi muammolarni boşqalardan yaxşiroq hal qila oladigan biror partiya borligiga işonmasligini bildirgan. Demak, mamlakatda siyosiy partiyaga nisbatan işonç pasayib boryapti.
Mersni partiyadoşlari ham tanqid qilyapti
Fridrix Mers uçun asosiy muammo – norozilik öz tarafdorlari orasida ham kuçayganida. Bu ovoz Kansler uçun jiddiy ogohlantiriş sifatida yangrayapti. Muxolifat tanqidi tabiiy hol, ammo tarafdorlar orasida ham işonç pasayişi Mersning islohot amalga oşirişini yanada qiyinlaştirişi mumkin.
Kenja Bekjonov, Uluğbek Töxtayev (video), ÖzA