Rahbar yoshlar bilan uchrashdi
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi Ahmad Suvanqulov “Xorazm suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining yosh xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda 80 ga yaqin yosh mutaxassis ishtirok etib, ularning taklif va tashabbuslari, murojaat hamda fikr-mulohazalari tinglandi.
Muloqot davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun yaratilayotgan sharoitlar, kasbiy rivojlanish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.
– Uchrashuvda talabalik davrida aynan “Xorazm suv ta’minoti” AJda amaliyot o‘tagan yoshlar ham ishtirok etdi, – deydi “Xorazm suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi Masharif Yo‘ldoshev. – Ularning ayrimlari shu yerning o‘zida tizimda ishlash istagini bildirib, ishga qabul qilinish masalasida murojaat qildi. Endilikda ushbu murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va yosh mutaxassislarni ishga joylash choralari ko‘riladi.
Samimiy muloqot davomida rahbar o‘zining ilk bor ishga qabul qilingan davrlari, mehnat faoliyati davomida orttirgan tajribasi hamda kasbga sadoqat, mas’uliyat va doimiy izlanish muvaffaqiyatning muhim omili ekaniga to‘xtalib, yoshlar bilan samimiy fikr almashdi.
[gallery-30773]
Yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, bildirilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat)
O‘zA muxbirlari