Qorli dovonda yöllar nazoratda: maxsus texnikalar safarbar etilgan
Qamçiq dovonida ob-havo yana özgardi. Ayni paytda dovonning ayrim hududlarida qor, boşqa qismlarida esa yomğir yoğmoqda. Yöllarda harakat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida maxsus texnika va mexanizmlar jalb etilgan.
Maʼlum qilinişiça, A373 “Toşkent–Ohangaron–Angren–Qöqon–Şahrixon–Andijon” avtomobil yölining 80–127 hamda 162–201-kilometrlari oraliğida yomğir, 127–162-kilometrlari oraliğida esa qor yoğmoqda. Havo harorati –3 darajani taşkil etmoqda. Yöllarda köriniş masofasi 4000 metr, şamol tezligi 3–6 m/s, havo namligi esa 90 foizga teng. Qor yoğişi davom etayotgan şaroitda avtotransport vositalarining dovon orqali uzluksiz va xavfsiz harakatlanişini taʼminlaş uçun “Qamçiqavtoyöl” IYFK DM tomonidan yöl qoplamasiga qum-tuz aralaşmasi sepilmoqda. Bu işlar maxsus maşina va mexanizmlar yordamida amalga oşirilmoqda.
Ayni vaqtda dovonda avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakatlanişi taʼminlangan.
“Qamçiqavtoyöl” IYFK DM haydovçilardan ob-havo şaroitini inobatga oliş, tezlikni meʼyordan oşirmaslik, oraliq masofani saqlaş va yöl harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilişni söraydi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA