Özbekiston va Şvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Stokgolm şahrida Özbekiston va Şvetsiya örtasidagi mehnat mobilligi böyiça pilot hamkorlik loyihasi doirasida qöşma boşqaruv qömitasining ilk yiğilişi bölib ötdi.
Unda ikki davlatning migratsiya idoralari, diplomatik vakolatxonalari hamda Xalqaro migratsiya taşkiloti vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda Şvetsiya mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib çiqib, özbekistonlik fuqarolarni işga jalb etiş mumkin bölgan yönalişlar muhokama qilindi. Bular qişloq va örmon xöjaligi, turizm sohalaridagi mavsumiy işlar, payvandçilik va ayrim quriliş kasblari böyiça malakali mutaxassislar, şuningdek, tibbiyot xodimlarini tayyorlaş va işga joylaştiriş masalalaridir.
Özbekiston tomoni loyihani amaliy bosqiçga olib çiqiş böyiça qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov 4–5 ta ustuvor kasbni belgilaş, Şvetsiya iş beruvçilarining real ehtiyojidan kelib çiqib nomzodlarni saralaş, ularning kasbiy va til tayyorgarligini taşkil etişni taklif qildi.
Şuningdek, zarur hollarda xorijiy instruktorlarni jalb qiliş va iş beruvçilar iştirokida malaka sinovlarini ötkaziş masalasiga eʼtibor qaratdi.
Tibbiyot xodimlarini tayyorlaş böyiça esa alohida yondaşuv taklif etildi. Xususan, Şvetsiyaning Syormland hududi tajribasi asosida nomzodlarni dastlab şved tilidan V2 darajasigaça tayyorlaş, keyinçalik Şvetsiyada qöşimça taʼlim beriş orqali sertifikatlaş uçun talab etiladigan C1 darajasiga yetkaziş imkoniyatlari körib çiqildi.
Migratsiya agentligi maʼlumotiga köra, xalqaro migratsiya taşkiloti vakillari ham loyihani amalga oşirişda iştirok etişga tayyorligini bildirdi.
Yiğilişda Şvetsiya iş beruvçilari bilan töğridan-töğri hamkorlikni yölga qöyiş, 2027-yil boşida ikki davlat rekruting kompaniyalari uçraşuvini taşkil etiş va dastlabki nomzodlar guruhlarini tayyorlaş masalalari ham muhokama qilindi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA