Isteʼmolçilar murojaati ijobiy hal etilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini öz vaqtida ijobiy hal etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Xarid qilingan qimmatbaho tovar nosoz çiqqanda yoki isteʼmolçi huquqi buzilganda qayerga murojaat qilişi kerak? Bu savolga Nukus şahrida yaşovçi fuqaro E.Orazimbetov misolida aniq javob topiş mumkin.
Fuqaro Nukus şahri, "Jasorat" köçasi 4/14-uy manzilida örnatilgan avtomat darvozada kamçiliklar borligini aniqlaydi. Biroq tadbirkor bu kamçilikni bartaraf etişdan yoki tovarni almaştirib berişdan boş tortadi.
Natijada öz haq-huquqini talab qilgan fuqaro Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining rasmiy Telegram boti orqali jamiyatga murojaat qiladi. Murojaat Nukus şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati mutaxassislari tomonidan örganib çiqilib, tadbirkorga “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning tegişli moddasiga muvofiq talabnoma yuboriladi. Qonunga muvofiq, nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolçi uni boşqasiga almaştiriş yoki tölovni qaytarib oliş huquqiga ega.
Qonuniy tuşuntirişlar natijasida tadbirkor tomonidan isteʼmolçining talabi qanoatlantirilib, nuqsonli tovarning sifatiga almaştirilişi taʼminlandi.
Nukus şahrida yaşovçi fuqaro Otaxon Saparov iyun oyida "S" dökonidan Volto 65 markali televizorni sotib olgan. Biroq sentabr oyida televizorda nosozlik yuz berib, sotuvçiga murojaat qilganida, uni yangisiga almaştirib beriş rad etilgan.

Uşbu masala böyiça Nukus şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat kelib tuşdi.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan örganilib, dökon rahbariyati bilan qonun asosida suhbat ötkazildi. Natijada, isteʼmolçining talablari qondirilib, unga 6 million 500 ming sömlik yangi televizor olib berildi.
Qönğirot tumanida yaşovçi L.Jumaniyazovaning murojaatiga köra, qizi M.Yusupbayeva 2026-yil 21-oktabr kuni "D" savdo dökonining Qönğirot filialidan 24 million sömlik iPhone 18 Pro Max telefonini bölib tölaş şarti bilan sotib olgan. Biroq keyin tölov tölaş imkoniyati bölmaganligi sababli şartnomani bekor qilişda yordam sörab murojaat qilgan.
Uşbu holat Qönğirot tumani isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan örganilib, "D" savdo dökonining masʼul mutaxassislari bilan qonun asosida tuşuntiriş işlari olib borildi. Natijada, dökon menejeri tomonidan şartnomani bekor qiliş haqida yozma ravişda tasdiqnoma berildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri