Antaliya sammiti: Özbekistonning global ekologik diplomatiyadagi yangi qadamlari
Bugungi kunda iqlim özgarişi bugun insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri sifatida xalqaro munosabatlarning muhim siyosiy, iqtisodiy va demografik omiliga ham aylanmoqda. Endilikda global isiş, suv resurslari kamayişi, çöllaniş, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik muvozanat buzilişi faqat atrof-muhit muhofazasi emas, balki davlatlarning milliy xavfsizligi, iqtisodiy raqobatbardoşligi va uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi bilan uzviy boğliq holda körilmoqda. Şu jihatdan iqlim diplomatiyasi zamonaviy taşqi siyosatning strategik yönalişiga aylanib, davlatlar örtasida yangi hamkorlik mexanizmini şakllantirmoqda.
Ayni jarayonda Özbekistonning xalqaro ekologik taşabbuslari va köp tomonlama iqlim diplomatiyasidagi faolligi alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, Orol böyi mintaqasi ekologiya tizimini tiklaş, “yaşil” energetika va “yaşil” iqtisodiyotga ötiş masalalarini izçil ravişda xalqaro kun tartibiga olib çiqmoqda.
Xususan, Antaliya şahrida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasi navbatdagi sessiyasi – COP31 tadbirida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Mazkur taşrif respublikamizning iqlim diplomatiyasi, xalqaro ekologiya hamkorligi va barqaror rivojlaniş borasidagi ustuvor maqsadlarini ilgari suriş uçun muhim siyosiy maydon vazifasini ötadi. Ayniqsa, iqlim özgarişi salbiy oqibatini bevosita boşdan keçirayotgan Markaziy Osiyo manfaatini dunyo hamjamiyatiga yetkaziş, yangi moliyaviy va texnologik hamkorlik imkoniyatini kengaytiriş nuqtai nazaridan uşbu anjuman alohida ahamiyatga ega.
Maʼlumot örnida aytiş kerak, BMT Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi 1992-yil qabul qilingan bölib, xalqaro iqlim siyosatining asosiy huquqiy poydevoridir. Konvensiya doirasida ötkaziladigan Tomonlar konferensiyalari global iqlim tahdidiga qarşi kuraşiş, buğ gazi taşlamasini kamaytiriş, ekologik moslaşuv çorasini kuçaytiriş va rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça umumiy qarorlar qabul qiliş uçun muhim xalqaro mexanizmdir.
– Joriy yil 9-20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 konferensiyasi ham şu jarayonning navbatdagi muhim bosqiçidir, – deydi Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti dotsenti Adhamjon Mamajonov. – “Barqaror, iqlim xatariga çidamli va adolatli kelajak sari intiliş” mavzusidagi uşbu tadbirda Parij bitimi doirasida qabul qilingan majburiyatni amaliyotga tatbiq etiş, “toza” energiyaga ötişni jadallaştiriş, yaşil sanoatni rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş, iqlimga moslaşuv va ekologik loyihalarni moliyalaştiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Konferensiyaning öziga xos jihati xalqaro boşqaruv modelida namoyon bölgan. Turkiya mezbon sifatida COP31 raisligini amalga oşiryapti. Avstraliya esa muzokara jarayoniga rahbarlik qilyapti. Bunday mexanizm davlatlar örtasida masʼuliyat va diplomatik vakolatni taqsimlaş orqali iqlim böyiça köp tomonlama kelişuvga erişişni jadallaştirişga qaratilgan.
Yana bir ustuvor vazifa ilgari qabul qilingan xalqaro majburiyatni aniq, ölçamli va moliyaviy jihatdan taʼminlangan amaliy natijaga aylantirişdir. Şu bois muhim muhokamalar toza energetika, yaşil sanoatlaştiriş, moslaşuvçan şaharlar, ekologiya xavfiga çidamli infratuzilma hamda iqlim moliyasi masalalarini qamrab olgan.
A.Mamajonovning sözlariga köra, Özbekiston uçun uşbu kun tartibi milliy taraqqiyot strategiyasi bilan bevosita boğliq. Zero, mamlakatimiz iqtisodiy modernizatsiya jarayonida energetika tizimini yangilaş, sanoatda energiya samaradorligini oşiriş, resurs tejaş va ekologiya barqarorligini taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Qayd etiş joiz, respublikamiz BMT Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasiga 1993-yil qöşilgan, 2018-yil esa Parij bitimi iştirokçisiga aylangan. Mazkur huquqiy asos mamlakatimizning global iqlim siyosatidagi iştirokini mustahkamlab, milliy rivojlaniş dasturiga ekologik barqarorlik tamoyilini izçil joriy etiş imkonini bergan.
Özbekistonning global iqlim diplomatiyasidagi ustuvor yönalişlaridan biri Orol dengizi fojiasi oqibatini yumşatiş, suv resursidan oqilona foydalanişdir. Darhaqiqat, dengiz qurişi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biri sifatida nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga jiddiy tösiq bölyapti. Dengizning qurigan tubida Orol qum çöli vujudga kelişi, tuz va çang böroni kuçayişi, yer şörlanişi, suv tanqisligi va çöllaniş jarayoni hudud aholisi salomatligi, bandligi va turmuş şaroitiga bevosita salbiy taʼsir qilmoqda.
Şu nuqtai nazardan Antaliya iqlim sammiti biz uçun suv tejovçi texnologiya, ekologiya monitoringi, çöllanişga qarşi kuraşiş va Orol böyi hududini barqaror rivojlantiriş böyiça xalqaro şeriklikni kuçaytirişga yöl oçadi.
Şavkat Mirziyoyevning Antaliya sammitidagi iştiroki mamlakatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ekologik diplomatiya taşabbuslarining izçil davomidir. Antaliyaga bu galgi taşrifni bir neça strategik yönalişda baholaş mumkin.
Bu taşrif Özbekistonning global ekologik boşqaruv jarayonidagi siyosiy iştirokini mustahkamlaydi. COP31 kabi yirik xalqaro maydonlarda davlat rahbarlari darajasida qatnaşiş milliy ekologik ustuvorlikni dunyo hamjamiyatiga yetkaziş, yangi hamkorlik taşabbuslarini ilgari suriş va xalqaro moliyaviy institutlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaş imkonini beradi. Şuningdek, Özbekiston va Turkiya örtasidagi köp qirrali munosabatning ekologik va texnologik tarkibiy qismini rivojlantiriş uçun qulay şaroit yaratadi. Binobarin, bugungi kunda uşbu qardoş davlat qayta tiklanuvçi energetika, sanoat modernizatsiyasi, çiqindini qayta işlaş, suv resursini boşqariş va barqaror şaharsozlik sohalarida xalqaro taşabbuslarini kengaytirmoqda.
Bir söz bilan aytganda Prezidentning Turkiya Respublikasiga amaliy taşrifi va Antaliya şahridagi COP31 global iqlim sammitida iştirok etişi mamlakatimizning BMT doirasida ilgari surayotgan ekologik taşabbuslarini davom ettiriş, Orol böyi muammosiga xalqaro eʼtiborni kuçaytiriş, suv va energetika xavfsizligi, yaşil iqtisodiyot hamda iqlimga moslaşuv masalalarida yangi hamkorlik imkoniyatini şakllantiriş uçun muhim platforma yaratadi.
Gözal Sattorova,
ÖzA