Qoraqalpoğiston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda
Möynoq tumanida “Kambağallikdan farovonlik sari” harakati doirasida böş iş örinlari va uy şaroitida kiçik biznes bilan şuğullaniş uçun maxsus asbob-uskunalar yarmarkasi ötkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — aholi bandligini taʼminlaş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirişdan iborat.
Yarmarka davomida fuqarolarga mavjud böş iş örinlari taklif etildi. Şuningdek, uy şaroitida kiçik biznesni yölga qöyiş uçun zarur asbob-uskunalar namoyiş etilib, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi fuqarolarga mavjud imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan körsatilayotgan qöllab-quvvatlaş çoralari haqida tuşuntirişlar berildi.
***
Beruniy tumanida xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, ularning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda daromad manbalarini yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Uşbu yönalişdagi işlar doirasida ijtimoiy reyestr va “Ayollar daftari”da turgan özini-özi band qiliş istagida bölgan 23 nafar xotin-qizga jami 336 million 600 ming söm subsidiya mablaği asosida zarur asbob-uskunalar topşirildi. Mazkur kömak orqali xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişi, özini-özi band qilişi hamda oilaviy daromadini oşirişiga imkoniyat yaratildi.
Bunday taşabbuslar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va jamiyatdagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
***
Sönggi yillarda Şumanay tumanida yöl infratuzilmasini yaxşilaş, köçalarni asfaltlaş va hududlarni obodonlaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Amalga oşirilayotgan asfaltlaş işlari orasida tuman markazidan ötuvçi Özbekiston köçasining 2 kilometr qismini rekonstruksiya qiliş loyihasi kölami va ahamiyati bilan alohida örin tutadi.
Uşbu quriliş işlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida amalga oşirilmoqda.
Umumiy qiymati 9 milliard 320 million sömni taşkil etuvçi loyiha doirasida avtomobil yöli va piyodalar yölaklari qurilmoqda. Quriliş işlari “Konkret kamen” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda. Bu loyiha nafaqat transport qatnovi uçun qulaylik yaratişga, balki piyodalar xavfsizligini taʼminlaş va tuman markazining zamonaviy qiyofasini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
***
Bözatov tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga kömaklaşiş maqsadida biriktirilgan Farğona viloyati hokimligi tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ana şunday ezgu taşabbuslar doirasida tuman markazida 15 nafar bolaning sunnat töyi taşkil etildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar bolajonlarni va ularning ota-onalarini uşbu quvonçli kun bilan samimiy qutlab, farzandlariga sihat-salomatlik, baxtli bolalik va yorqin kelajak tiladi. Şuningdek, bunday ezgu tadbirlar mehr-oqibat, insonparvarlik va hamjihatlikning yorqin ifodasi ekani taʼkidlandi.
Bolajonlarga taşkilotçilar tomonidan esdalik sovğalari topşirildi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, ertak qahramonlarining çiqişlari tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri