Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi
Senatning Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi tomonidan “Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişning dolzarb masalalari: muammolar va yeçimlar” mavzusida seminar ötkazildi.
Unda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş borasidagi işlar natijalari, şuningdek, sohada yeçimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan, muqobil energiyaning energetika tizimidagi uluşini oşiriş, uni qişloq va suv xöjaligi tarmoqlariga keng joriy etiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Suğoriş tizimlari va nasos stansiyalarida quyoş hamda şamol energiyasidan foydalaniş masalasi amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat elektr energiyasi sarfini maqbullaştiriş, balki suv xöjaligi obʼektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaşda samaradorlikka erişiş uçun ham muhim.

Şu bois seminarda ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş, malakali mutaxassislar tayyorlaş va sohaga investitsiya jalb qiliş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Muhokamalar davomida davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xususiy sektor örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça takliflar ilgari surildi.
Seminar yakunida bildirilgan fikr va takliflar asosida sohani rivojlantiriş, muqobil energiya manbalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda ularning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.
N.Abduraimova, ÖzA