FVV anjumani: favqulodda vaziyatlarga kompleks yondaşuv va hamkorlik
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etişda huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik masalalari: muammo va yeçimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.
Anjumanni FVV Akademiyasi boşliği Muzaffarjon Mamasiddiqov kiriş sözi bilan oçib, favqulodda vaziyatlar profilaktikasida kompleks yondaşuv, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanişning muhimligini qayd etdi.
Şuningdek, anjuman davomida maʼruzaçilar tomonidan favqulodda vaziyatlar sohasida yuridik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişda masʼul idora va taşkilotlar bilan hamkorlikning nazariy hamda amaliy jihatlari, ekologik xavf-xatarlarning oldini olişda fuqarolar iştiroki va ekologik ekspertiza talablariga rioya etişning huquqiy asoslari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot jarayonida favqulodda vaziyatlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik, inson huquqlarini taʼminlaş, yöl-transport hodisalari oqibatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda yoşlarning huquqiy madaniyati va fuqarolik masʼuliyatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ilmiy maʼruzalar davomida jinoyatlarni foş etiş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, ekologik xavf-xatarlarning oldini olişda fuqarolar iştirokining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uçun yuridik javobgarlik kabi masalalar yoritildi.
[gallery-32617]
Şu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş faoliyatida huquqiy tartibot, masʼuliyat va özaro muvofiqlaşuvning ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman favqulodda vaziyatlar sohasida ilmiy yondaşuv va amaliy tajribani uyğunlaştiriş, idoralararo hamkorlikni rivojlantiriş hamda aholi va hududlar xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan samarali taklif va tavsiyalar işlab çiqiş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Gulnoza Boboyeva,
Nosirjon Haydarov (surat),
ÖzA