Toşkentda eksportçilar muammolari muhokama qilindi
Maʼlumki, yurtimizda iqtisodiyotni yanada yuksaltiriş, işlab çiqariş hajmini kengaytiriş va milliy mahsulotlarimizni jahon bozorlariga olib çiqiş bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Bu jarayonda iqtisodiyotning asosiy drayveri bölgan tadbirkorlar, xususan, eksportçi korxonalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan tösiqlarni bartaraf etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni şu maqsadda Toşkent şahrida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari hamda poytaxtda faoliyat yuritayotgan eksportçi tadbirkorlar örtasida navbatdagi oçiq muloqot taşkil etildi.
Eksport hajmi kamaygan korxonalar hamda taşqi bozorga çiqiş salohiyatiga ega tadbirkorlik subʼektlari vakillari iştirok etgan muloqotda taşqi savdo aloqalarini kengaytiriş, bojxona va soliq maʼmuriyatçiligidagi yangi yengilliklar, şuningdek, biznes vakillarini qiynayotgan dolzarb masalalarga tezkor yeçim topiş mexanizmlari atrofliça muhokama qilindi.

Uçraşuvda Toşkent şahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasi, şahar Soliq va Bojxona boşqarmalari hamda tijorat banklari mutaxassislari ham qatnaşdi.
Uçraşuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar va ularning amaliy yeçimlari muhokama qilindi. Xususan, eksport hajmi kamaygan korxonalar faoliyatini tiklaş, eksport salohiyatiga ega tadbirkorlarning taşqi bozorlarga çiqişini qöllab-quvvatlaş, moliyalaştiriş, soliq va bojxona jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirkorlar tomonidan kötarilgan ayrim masalalar mutaxassislar iştirokida joyida hal etildi. Qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar esa tegişli idoralar bilan hamkorlikda körib çiqiş uçun nazoratga olindi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, bu kabi uçraşuvlar tadbirkorlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaş, mavjud muammolarga amaliy yeçim topiş hamda Toşkent şahrining eksport salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA