Qo‘qonda elektr ta’minoti yaxshilanadi
Qo‘qonda so‘nggi yillarda elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyoj qariyb ikki barobarga oshdi. Bu, avvalo, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, hayot tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Lekin yangi qurilgan korxonalar, uy-joy mavzelari ham ozmuncha elektr talab qilmaydi. Shuning uchun shaharda yana bir "Charxiy" podstansiyasi modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerga ikkita 40 kilovatt-soat kuchlanishdagi yangi transformatorlar o‘rnatilib, texnik sozlash ishlari yakunlanyapti.
Uning foydalanishga topshirilishi natijasida 15 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi oshiriladi. Yoki 6 ming xonadonga elektr quvvati berishda uzluksizlik ta’minlanadi. Mazkur inshootni qurish uchun jami 75 milliard so‘m hajmidagi ishlar bajarildi.


Bu yerda bo‘lgan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov olib borilayotgan ishlarni reja-grafik asosida jadallik bilan tashkil etish, belgilangan me’yorlar asosida sifatli qilib bajarish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat), O‘zA