Qo‘g‘irchoq teatri festival sovrindori
Turkiyaning Ordu shahrida 17–21-iyun kunlari o‘tkazilgan “Bolalar va yoshlar” X Xalqaro teatrlar festivalida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Uning ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan “Musiqali choyxona” spektaklini katta qiziqish bilan qarshi oldi. Milliy ruh va ijodkorlarning mahoratli ijrosi turkiyaliklar hamda festival mehmonlari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Festival yakunida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasiga uning maxsus sovrini tantanali ravishda topshirildi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA