Qişloq xöjaligini röyxatga olişning dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Mamlakatning oziq-ovqat işlab çiqariş imkoniyatlarini baholaşda yer maydonlari, ekin turlari, çorva mollari, parranda va xöjaliklar soni böyiça aniq maʼlumotlarni şakllantirişning ahamiyati yuqori.
Özbekistonda ilk bor ötkazilgan yalpi qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalariga köra, jami 7,6 millionta hisobga oliş birligi qayd etilgan. Ularning foydalanişidagi umumiy yer maydoni 42,5 million gektarni taşkil etgan.
Maʼlumotlarga köra, bir yillik ekinlar ekilgan 4 million 213,5 ming gektar maydonning 47,4 foizi don va dukkakli don, 24 foizi texnik, 14,8 foizi ozuqa, 8,1 foizi esa sabzavot ekinlari hissasiga töğri keladi. Mevali boğlar va tokzorlarning umumiy maydoni 613 ming gektarni taşkil etgan.
2026-yil 15-yanvar holatiga mamlakatimizda 12,2 million boş yirik şoxli qoramol, 23,1 million boş qöy va eçki hamda 120,9 million boş parranda hisobga olingan.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, çorvaçilik tarmoğida dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklarning uluşi yuqori. Jumladan, qoramollarning 87,1 foizi, qöy va eçkilarning esa 71,3 foizi aynan şu toifadagi xöjaliklarda parvarişlanmoqda.
A.RUSTAMOV,
ÖzA