Ğoliblar tanlovning mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi
Andijon şahridagi “Imkoniyatlar olami” hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida “Sen isteʼdodlisan!” respublika körik-tanlovining Andijon viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirligi taşabbusi ötkazilayotgan uşbu tanlov jismoniy imkoniyati çeklangan, alohida taʼlimga ehtiyoji bor öquvçi-yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş, ularning isteʼdodini yuzaga çiqariş, ijodiy salohiyatini rivojlantiriş hamda sanʼatga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan.

“Men ham şu Vatanning bunyodkoriman!” şiori ostida ötkazilgan tanlovning oçiliş marosimida Taʼlim va ilm-fan vazirligi masʼul xodimi D.Ismoilov, viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi boşliği örinbosari G.Omonov söz olib, iştirokçilarga omad tiladi.

Tanlovda tasviriy sanʼat va anʼanaviy ijroçilik yönalişlarida öz hududlarida ğolib deb topilgan 32 nafar isteʼdodli öquvçi iştirok etib, özlarining iqtidor va salohiyatlarini namoyiş etdi.
Qiziqarli ötgan tanlovning yakuniy natijalariga köra, öz yönalişlari böyiça Andijon tumani vakilasi M.Qodirjonova hamda Marhamat tumani vakili B.Mahamadov ğolib deb topilib, tanlovning respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.


Tanlov ğolib va sovrindorlari taşkilotçilar tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri