Qişloq xöjaligi tarixiga oid monografiya çop etildi
Özbekistonda qişloq xöjaligining köp asrlik tarixi, dehqonçilik madaniyati va ajdodlarimizning boy agronomik tajribasini örganişga bağişlangan “Amir Temur va temuriylar davrida qişloq xöjaligi” nomli monografiya naşr etildi.
XV–XVI asrlarda yaratilgan “Fanni kiştu ziroat” asari asosida tayyorlangan uşbu kitob tarixiy merosni zamonaviy agrar ilm-fan bilan boğlaş, anʼanaviy dehqonçilik usullarini ilmiy jihatdan örganiş va ularning bugungi ahamiyatini oçib berişga xizmat qiladi.
Mazkur naşr fors tilidan tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy tomonidan tarjima qilinib, izohlar bilan boyitilgan. Monografiyaning masʼul muharrirlari – Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov hamda Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov.
Kitob annotatsiyasida taʼkidlanişiça, “Fanni kiştu ziroat” asarida ajdodlarimizning ming yillar davomida dehqonçilik sohasida töplagan tajribalari aks ettirilgan. Unda keltirilgan maʼlumotlar faqat tarixiy ahamiyatga ega bölib qolmay, qişloq xöjaligi bilan şuğullanuvçi mutaxassislar uçun ham muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi. Asarda Markaziy Osiyo dehqonçilik madaniyatining şakllanişi, yerdan oqilona foydalaniş, ekinlarni parvarişlaş, uruğlarni saqlaş va ekişga tayyorlaş kabi yönalişlarda şakllangan anʼanaviy bilimlar öz ifodasini topgan.

Xususan, uruğlarni maʼlum çuqurlikda xumlarda saqlaş, ekiş oldidan ularga işlov beriş va mahalliy iqlim şaroitiga moslaştirişga oid tarixiy tajribalar alohida ilmiy qiziqiş uyğotadi. Bunday usullarni zamonaviy agrotexnologiyalar, jumladan, uruğlarni ekişga tayyorlaş va fiziologik jarayonlarini boşqariş usullari bilan qiyosiy örganiş yangi tadqiqotlar uçun asos bölişi mumkin. Muhimi, ajdodlarimiz dehqonçilikka faqat tirikçilik vositasi sifatida emas, balki bilim, kuzatuv, tajriba va masʼuliyatni talab etadigan murakkab faoliyat sifatida yondaşgan. Asarning bugungi qimmati ham aynan şunda.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi Kotibiyat boşliği Şamşod Ergaşev naşrning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida töxtaldi:
– “Amir Temur va temuriylar davrida qişloq xöjaligi” kitobi XV–XVI asrlardagi dehqonçilik tarixi haqida maʼlumot beruvçi “Fanni kiştu ziroat” asari asosida tayyorlangan. Unda Markaziy Osiyo qişloq xöjaligining uzoq tarixi, öşa davrda şakllangan dehqonçilik tajribalari haqida qimmatli maʼlumotlar jamlangan. Bu bilimlarni bugungi fermerlarimiz va qişloq xöjaligi xodimlariga yetkaziş, tarixiy agrotexnologiyalarning hozirgi kunda ham foydali bölgan jihatlarini örganiş muhim ahamiyatga ega, – dedi u.
Şamşod Ergaşevning taʼkidlaşiça, asarning tarjima qilinişi va ilmiy muomalaga kiritilişi qişloq xöjaligi tarixini tizimli örganiş, anʼanaviy dehqonçilik bilimlarini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar bilan qiyoslaş uçun yangi imkoniyat yaratadi.
Darhaqiqat, bugungi agrar sohada innovatsion texnologiyalar, raqamli boşqaruv, suv tejovçi usullar va iqlimga moslaşgan dehqonçilik amaliyoti tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday şaroitda tarixiy tajribalarni örganiş ötmişga qaytiş emas, balki köp asrlik kuzatuv va bilimlardan ilmiy asosda foydalaniş imkoniyatlarini izlaşdir. Qişloq xöjaligini rivojlantirişda tarixiy tajriba va zamonaviy ilm-fan örtasidagi uzviylik muhim örin tutadi. Xususan, HECI modeli doirasida ilgari surilayotgan meros va innovatsiyalarni özaro boğlaş yondaşuvi ham şu jihatdan eʼtiborga molik.
Ötmiş avlodlar tomonidan töplangan bilimlar öşa davrning tabiiy şaroiti, mavjud texnologiyalari va ijtimoiy imkoniyatlariga asoslangan. Bugun esa qişloq xöjaligi iqlim özgarişi, suv resurslarining çeklangani, tuproq unumdorligini saqlaş, oziq-ovqat xavfsizligi va xalqaro raqobat kabi jiddiy vazifalar bilan yuzma-yuz turibdi. Şu sababli tarixiy manbalardagi agronomik tajribalarni zamonaviy ilmiy usullar orqali örganiş, ularning samaradorligini tajribalar asosida baholaş va amaliyotga mos jihatlarini aniqlaş muhimdir. “Amir Temur va temuriylar davrida qişloq xöjaligi” monografiyasi ana şu yönalişdagi ilmiy izlanişlar uçun tarixiy manba vazifasini ötaşi mumkin.
Kitob annotatsiyasiga köra, “Fanni kiştu ziroat” asarining muallifi va aniq yozilgan davri hozirça maʼlum emas. Uning buxorolik Rahmatulloh ibn Abdurahim tomonidan köçirilgan yagona qölyozma nusxasi Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutida saqlanmoqda. Bu holat naşrning ilmiy qimmatini yanada oşiradi. Çunki nodir qölyozmaning tarjima qilinişi nafaqat tarixçilar, balki agronomlar, fermerlar, tadqiqotçilar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun ham yangi maʼlumotlardan foydalaniş imkonini beradi. Ayniqsa, agrar taʼlim tizimida bunday manbalardan foydalaniş yoş mutaxassislarda qişloq xöjaligiga faqat işlab çiqariş tarmoği emas, balki xalqimizning köp asrlik ilmiy, madaniy va sivilizatsion merosining ajralmas qismi sifatida qaraşni şakllantiradi.
Zero, qişloq xöjaligining kelajagi faqat zamonaviy texnika va texnologiyalarga emas, balki ilmiy tafakkur, tabiat qonuniyatlarini çuqur anglaş va töplangan tajribalardan oqilona foydalanişga ham boğliq. Şu maʼnoda, “Amir Temur va temuriylar davrida qişloq xöjaligi” monografiyasining naşr etilişi mamlakatimiz agrar ilmi va tarixşunosligi uçun ahamiyatli voqeadir. U ajdodlarimiz merosini örganiş, milliy dehqonçilik madaniyatini keng tarğib qiliş hamda tarixiy bilimlar bilan zamonaviy agrar innovatsiyalar örtasida ilmiy muloqotni rivojlantirişga xizmat qiladi.
ÖzA