Özbekistonda zaytun yetiştiriş kengayadi: Gruziya tajribasi asos bölmoqda
Özbekistonda zaytun moyiga bölgan yuqori talab import hajmini oşirmoqda. Şu maqsadda mamlakat Gruziya tajribasi asosida mahalliy zaytunçilikni rivojlantirişga kirişdi.
Mamlakatimizda şifobaxş zaytun moyiga bölgan talab yuqori. Xalqaro savdo maʼlumotlar bazalarining yillik hisobotlariga köra, Özbekistonga örtaça 680 tonnadan 965 tonnagaça zaytun moyi import qilinadi. Buning qiymati 2,8–3,9 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Şu bilan birga, Özbekistonda zaytun plantatsiyalari va mahalliy zaytun moyi işlab çiqariş sanoat miqyosida yölga qöyilmagan. Hozirda bu soha asosan tajriba-sinov va yangi loyihalarni amalga oşiriş bosqiçida. Zaytun yetiştiriş böyiça dastlabki tajribalar Surxondaryo va Farğona vodiysidagi ayrim uçastkalarda olib borilmoqda. 2030-yilgaça zaytun plantatsiyalari maydonini 2 ming gektarga yetkaziş, zaytunni qayta işlaş va moy çiqariş korxonalarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Mamlakatimizda zaytunçilikni rivojlantiriş maqsadida Gruziya tajribasini örganiş va joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar ijrosi doirasida qator işlar amalga oşirilmoqda.
–Ötgan yildan boşlab zaytunzorlar barpo qilyapmiz, – deydi Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov. – Surxondaryoda sovuqqa çidamli navlardan 3 mingta köçat ekilgani juda yaxşi natija berdi. Bu yil uşbu tajribani kengaytiriş maqsadida 5 mingga yaqin köçat olib kelinib, “Bandixon” tajriba stansiyamizdagi 20 gektar yerda ekiş işlari taşkil qilindi. Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot institutida alohida köçatçilik pitomnigi orqali gruziyalik mutaxassislarning tajribasi örganilib, keyinçalik butun respublikamizga ommalaştiriladi.

Qişloq xöjaligi vaziri I.Abdurahmonov Gruziya atrof-muhitni muhofaza qiliş va qişloq xöjaligi vaziri David Songulaşvili bilan birgalikda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot institutiga taşrif buyurdi. Taşrif çoğida institutning Toşkent viloyatidagi 1 gektar maydonida 500 tup zaytun köçati ekiş işlariga start berildi. Şu munosabat bilan “Özbekiston – Gruziya döstlik zaytun boği” barpo etildi.
Özbekistonda zaytun yetiştiriş böyiça hamkorlik işlari avvalroq boşlangan. Xususan, 2025-yilda Gruziyadan zaytunning “Gemlik” naviga mansub 4 200 tup köçat olib kelinib, institutning Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi “Bandixon” ilmiy-tajriba stansiyasi 10 gektar maydoniga ekilgan. Hozirda uşbu köçatlarning ösişi, rivojlanişi va mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga moslaşuvi muntazam kuzatilmoqda. Mazkur nav ertapişarligi, nisbatan past haroratlarga çidamliligi va qalamçalarining yaxşi ildiz olişi bilan ajralib turadi. Uning mevalaridan isteʼmol uçun hamda zaytun moyi işlab çiqarişda foydalaniladi. Loyiha doirasida zaytun köçatlarining mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga moslaşuvi, ösiş va rivojlaniş xususiyatlari, parvarişlaş texnologiyalari hamda hosildorlik imkoniyatlari ilmiy asosda örganiladi.

Şuningdek, Gruziya tajribasini özlaştiriş, ilğor agrotexnologiyalarni joriy etiş va uşbu yönalişda ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirişga eʼtibor qaratiladi. Uçraşuvda Özbekistonda zaytun plantatsiyalarini kengaytiriş, mahsulotni qayta işlaş va zaytun moyi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, şuningdek, mazkur yönalişda malakali kadrlar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida töplangan tajriba asosida zaytun yetiştiriş agrotexnologiyalarini takomillaştiriş, köçatlarni köpaytiriş va yangi plantatsiyalar barpo etiş böyiça ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqiş rejalaştirilgan. Bunday taşabbuslar qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş, tarmoqda innovatsion yondaşuvlarni kengaytiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar yetiştiriş hamda aholining zaytun moyiga bölgan talabini qondirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA