Qaşqadaryoda oziq-ovqat xavfsizligi nazorati kuçaytirilmoqda
Qarşi şahridagi Jurnalistlar uyida Qaşqadaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi masʼullari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Unda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, ösimliklar karantini va himoyasi hamda veterinariya sohalarida amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, davlat rahbarining 2026-yil 12-maydagi tegişli farmoni va qarori asosida sohalarda yagona davlat boşqaruvi tizimining joriy etilişi nazorat samaradorligini oşiriş va idoralararo hamkorlikni kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Joriy yilda viloyatda 166,8 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşiriş belgilangan. Hisobot davrida 122,6 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, eksport nomenklaturasi 30 turga yetkazildi. Mahsulotlar 17 dan ortiq xorijiy davlat bozorlariga yönaltirildi. Ösimliklar karantini nazorati ostida 430,4 ming tonna mahsulot eksport qilindi.
Eksportbop mahsulotlar yetiştiriş maqsadida 20 ta boğ, 18 ta issiqxona, 97 ta dala maydoni va bitta qadoqlaş korxonasida fitosanitariya talablariga muvofiq işlar taşkil etildi. Şuningdek, 36 mingdan ortiq dehqon xöjaligining 19 ming 794 gektar maydoniga 112 nafar karantin inspektori biriktirildi.
[gallery-32626]
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaş doirasida yilning ötgan davrida işlab çiqariş, umumiy ovqatlaniş va savdo sohalaridagi 222 ta obʼektda tekşiruv ötkazildi. Natijada isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan 2 ming 720 kilogramm mahsulot belgilangan tartibda yöq qilindi. Şuningdek, ovqatdan zaharlanişga gumon qilingan ikki holat qayd etilib, ulardan biri Kökdala tumanida kuzatilgan va 18 nafar fuqaro jabrlangan.
Veterinariya sohasida ham epizootik barqarorlikni taʼminlaş çoralari körilmoqda. 2026-yil 1-oktabr holatiga köra viloyatda 1,6 million boşdan ortiq yirik şoxli mol, 4,7 million boşdan ziyod mayda şoxli mol va 7,7 million boşdan ortiq parranda parvarişlanmoqda.
Öta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini oliş maqsadida çegaradoş hududlardagi 55 ta mahallada bufer hududlar taşkil etildi. Bu yönalişda 125 ta işçi guruh şakllantirilib, ularga 530 nafar veterinariya mutaxassisi biriktirildi.
Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga soha masʼullaridan javob oldi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat),
ÖzA muxbirlari