Yangi ğoya va yangi loyihalarga yöl oçayotgan zamonaviy yondaşuv
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining yerdan foydalanişdagi mustaqilligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlar ijaraga oluvçilar uçun ekinlarni joylaştirişda erkin muhit yaratib, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulot yetiştirişga eʼtiborini yanada kuçaytirdi va yer munosabatlarida yagona va zamonaviy yondaşuvni şakllantirdi.
Tajribali dehqonlar tili bilan aytganda, yer çegarasi yöq, tuganmas boylik manbai emas. U tuproqni uluğlab mehnat qilgan insonni xuş köradi. Unumdorligini oşirib, ekin parvarişlaşga zamonaviy usulda yondaşadigan mirişkorni siylab, möl hosil va kutilgan daromadni beradi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanib, qişloq xöjaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb etiş, yer egalarining masʼuliyati va manfaatdorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilayotganida ham ana şunday ezgu ğoya mujassam.
Prezidentimizning 2025-yil 3-fevraldagi “Qişloq xöjaligi ekin maydonlari unumdorligini oşiriş, tarmoqqa investitsiyalar jalb qiliş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qişloq xöjaligi yer maydonlarini ijaraga berişning yangi tizimini yaratib, birinçi bosqiçda mamlakatimizning tanlab olingan hududlarida tuman hokimliklari tasarrufidagi paxta va ğalla yetiştiriş nazarda tutilmagan böş turgan yer uçastkalarida joriy etilib, yaxşi samaralar berdi.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-apreldagi “Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining yerdan foydalanişdagi mustaqilligini taʼminlaşga qaratilgan navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan yangi tizim barça hududlarda tatbiq etilib, қишлоқ xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng, bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy qilindi. Ijaraga oluvçilarning ekinlarni joylaştirişdagi mustaqilligi taʼminlandi. Yuqori qöşilgan qiymatga ega ekinlar yetiştirişga eʼtiborni yanada kuçaytirdi.
Dehqonçilikda boy tajribaga ega Surxondaryo viloyatida ham farmon ijrosini taʼminlab, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, qişloq xöjaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb etiş, yer egalarining masʼuliyati va manfaatdorligini oşiriş yuzasidan muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Viloyat hokimligi huzuridagi “Ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyasi” masʼuliyati çeklangan jamiyatidan olingan maʼlumotlarga köra, ötgan yilning 1-martidan hozirgaça yangi tizim asosida 20 ming 148 gektar yer maydoni 30 milliard 62 million sömga auksion orqali ijaraga berildi. Jumladan, birinçi va ikkinçi bosqiçlarda 976 gektar yer maydoni 5 mililard 761 million sömga, uçinçi bosqiçda suğoriş imkoniyati mavjud bölgan 23 ming 281 gektar yer maydoni 24 milliard 707 million sömga sotildi.

– Viloyatda ijaraga berilgan 4 ming 795 gektar maydonda yuqori daromadli qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilib, yaxşi hosil olinmoqda, – deydi direksiya boş mutaxassisi Lutfullo Ğoibov. – Ayni paytda 822 gektar maydonda suv va elektr taʼminotini yaxşilaş çoralari körilmoqda. Yana 295 gektar yer maydoni yaqinda auksion orqali ijaraga berilgani sababli ularda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş işlari boşlanmoqda.
Ekin maydonlaridan yuqori hosil olişda hududdagi zamonaviy infratuzilmaning ham öz örni bor. Tuproği unumdor yer uçun ham suv, elektr energiyasi, yöl va boşqa zarur şaroit yetarli bölmasa, undan yuqori samara oliş muşkul. Şu bois yangi tizimda yer ajratiş bilan birga uni özlaştiriş va işlab çiqarişga kiritişda zarur infratuzilmani yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Masalan, Jarqörğon tumanidagi “Ixlos 777” masʼuliyati çeklangan jamiyati Isomiltepa mahallasida ijaraga olgan 30,9 gektar yer maydonida yangi yilda sanoatlaşgan sabzavotçilik plantatsiyasini taşkil etişni möljallamoqda. Lekin, suv va elektr taʼminoti talabga javob bermasligi maʼlum böldi. Loyihani amalga oşiriş uçun “Ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyasi” masʼuliyati çeklangan jamiyati yordam qölini çözdi. 130 million söm mablağ evaziga obi-hayot va elektr taʼminotini yaxşilaşga kömaklaşdi.

– Yer maydonimizda sabzavotlarni zamonaviy texnologiyalar, mexanizatsiya va ilmiy asoslangan agrotexnika yordamida yetiştirişni yölga qöymoqçimiz, – deydi “Ixlos 777” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari D.Jaylovov. – Anʼanaviy sabzavotçilikda ekin oqova suv bilan suğorilib, qöl mehnatidan foydalanilsa, sanoatlaşgan maydonlarda tomçilatib obi-hayot berilişi va mexanizatsiyalaşgani bilan farqlanadi. Suv va elektr energiyasi masalasi hal etilgani bizni yanada unumli mehnat qilişga undadi.
Tadbirkor ijaraga olgan yerdan oqilona foydalaniş uçun sanoatlaşgan sabzavotçilikni yölga qöyib, mavjud maydonlarga işlov beriş, ekiş, öğitlaş va hosilni yiğib oliş jarayonlarida zamonaviy texnikalardan foydalanişi qöl mehnati va xarajatlarni kamaytirib, mahsulot tannarxini tuşiradi.
Uzun tumanida “Janub Zotdor çorvasi” masʼuliyati çeklangan jamiyati zamonaviy çorvaçilikni yölga qöyiş uçun 230 gektar maydonni ijaraga olgan. Loyiha doirasida xorijdan 400 boş zotli soğin sigir va naslli novvos olib keliş uçun şartnoma ham tuzgan. 230 gektar maydonda çorva ozuqasi uçun arpa va beda ekilgan.
Viloyatda yer maydonlariga yangi tizim asosida turli yuqori qiymatga ega eksportbop ekin parvarişlayotgan, nasldor çorvaçilik bilan şuğullanib, göşt-sut mahsulotlari yetiştirişda salmoqli daromad olayotgan yer egalari haqida köplab misollar keltiriş mumkin. Bu loyihalar qişloq xöjaligida işlab çiqarişni diversifikatsiya qilib, çorvaçilik va boğdorçilikni rivojlantiriş, mahsulot yetiştirişdan tortib uni qayta işlaşgaça bölgan jarayonni özaro boğlaş imkonini bergani ijaraga oluvçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda.
– Yangi tizimning yana bir muhim jihati – yerdan foydalaniş samaradorligini oşiriş bilan birga uning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari takomillaşganida yaqqol körinmoqda, – deydi deydi direksiya boş mutaxassisi Lutfullo Ğoibov. – Xususan, ötgan yildan buyon direksiya hisobiga yer uçastkalarini auksion orqali sotişdan 27 milliard 41 million söm mablağ tuşdi. Şuningdek, viloyat böyiça yer maydonlari toifasini özgartiriş natijasida 413 milliard 900 million söm nobudgarçilik tölovlari hisoblandi.
Vohada 2026-2028-yillarga möljallangan yer maydonlarini özlaştiriş, qayta foydalanişga kiritiş va suv taʼminotini yaxşilaş dasturlari işlab çiqilib, xalq deputatlari viloyat Kengaşi qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur dasturlarga muvofiq, yer maydonlarini auksionda ijaraga beriş, ikkilamçi ijara va nobudgarçilik tölovlaridan mahalliy byudjetga yönaltiriladigan 37 milliard 232 million söm mablağ hisobidan uç ming gektardan ortiq yer maydonining suv taʼminotini yaxşilaş belgilangan.
Qişloq xöjaligida joriy etilgan yangi tizim şu paytgaça foydalanilmagan imkoniyatlarni işga solib, yangi ğoya va yangi loyihalarga yöl oçayotgani bozorlarda narx-navo barqarorligini va yanada obod, farovon turmuşimizni taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri