Prezident Olimpiadasi: uçta yönaliş böyiça ğoliblar aniqlandi
Prezident Olimpiadasi doirasida taekvondo WT, velotrek va tennis böyiça musobaqalar yakunlandi. Bellaşuvlar natijasida bir qator yoş sportçilar öz yönalişlarida ğolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Musobaqaning taekvondo WT böyiça öğil bolalar örtasida uçta vazn toifasida ötgan bellaşuvlarning –37 kilogramm vaznida Begzod Yöldoşev (Namangan), –53 kilogrammda Diyorbek Karimov (Toşkent viloyati), +65 kilogrammda esa Otabek Abdulğoziyev (Jizzax) oltin medalga sazovor böldi.
Qizlar örtasida –37 kilogramm vaznda Malika Alimqulova (Jizzax), –51 kilogrammda Şirina Serikbayeva (Toşkent viloyati), +59 kilogrammda Baxtinur Sarsenbayeva (Qoraqalpoğiston Respublikasi) şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.
Velotrek böyiça musobaqalarning sönggi kunida ösmirlar va ösmir qizlar örtasida guruh poygasi ötkazildi.Ösmirlar örtasida Mehroj Boysariyev (Jizzax) birinçi, Maksim Soluyanov (Toşkent şahri) ikkinçi, Jahongir Alimov (Toşkent viloyati) uçinçi örinni egalladi.
Qizlar örtasida esa Milana Yarovaya (Sirdaryo) ğolib böldi. Kamola Madusmonova (Toşkent viloyati) kumuş, Akmaral Sadikova (Qoraqalpoğiston Respublikasi) bronza medaliga sazovor böldi.

Tennis böyiça musobaqalarning barça yönalişlarida ham ğolib va sovrindorlar maʼlum böldi. Öğil bolalar örtasida yakkalik bahslarida S. Farhodov (Qaşqadaryo), juftlikda esa S. Farhodov va D. Zakirov (Qaşqadaryo) çempionga aylandi.
Qizlar örtasida yakkalik bellaşuvlarida O. Hakimova (Qaşqadaryo), juftlik yönalişida Z. Nizamiyeva va M. Zaxarova (Toşkent şahri) ğolib böldi. Aralaş juftlik bahslarida esa S. Farhodov va O. Xakimova (Qaşqadaryo) birinçi örinni egalladi.
Prezident Olimpiadasi yoş isteʼdodlarni aniqlaş, ularning sport mahoratini oşiriş va kelgusida milliy terma jamoalarga munosib nomzodlarni saralab olişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, bunday musobaqalar yoş avlodni soğlom turmuş tarziga keng jalb etişga xizmat qiladi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA