OÇL-2: 4-tur yakunidan söng guruhlarda vaziyat qanday?
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Çempionlar ligasi-2 musobaqasining Ğarb mintaqasida guruh bosqiçining törtinçi tur uçraşuvlari yakunlandi. Tur doirasida sakkizta bellaşuv ötkazildi.
Jumladan, «A» guruhidan örin olgan jamoalar örtasidagi turning markaziy uçraşuvi Abu-Dabi şahrida bölib ötdi. Unda «Al-Vahda» Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Quvaytda esa «Nasaf» safarda «Al-Kuvayt» klubini 3:2 hisobida mağlub etdi.
Uşbu natijalardan söng guruhda «Al-Vahda» 9 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Quvayt SK» 6 oçko bilan ikkinçi, «Nasaf» va «Al-Xoldiya» jamoalari esa 4 oçkodan jamğargan holda uçinçi va törtinçi örinlarni egallab turibdi.
Endi, beşinçi turda 25-noyabr kuni «Nasaf» öz maydonida «Al-Xolidiya»ni qabul qiladi. Şu kuni «Al-Kuvayt» va «Al-Vahda» jamoalari ham özaro bahs olib boradi.

«V» guruhida Turkmanistonning «Arkadağ» jamoasi öz maydonida Eronning «Gol Gohar» klubini 1:0 hisobida yengdi. Boşqa uçraşuvda BAAning «Al-Jazira» jamoasi Bahraynning «Al-Muharraq» klubidan 3:0 hisobida ustun keldi.
Ayni damda mazkur guruhda «Al-Jazira» 10 oçko bilan birinçi örinni egallab turibdi. «Arkadağ» 7 oçko bilan ikkinçi, «Al-Muharraq» 3 oçko bilan uçinçi, «Gol Gohar» esa 2 oçko bilan törtinçi örinda bormoqda. Beşinçi turda 25-noyabr kuni «Al-Jazira» — «Gol Gohar» va «Al-Muharraq» — «Arkadağ» uçraşuvlari ötkaziladi.

«S» guruhidaesa favoritlar bu turda ham kutilganidek ğalaba qozondi. Hususan, Saudiya Arabistonining «Al-Taavun» klubi Iordaniyaning «Al-Faysali» jamoasini 3:1, Qatarning «Al-Rayyan»i esa Ummonning «Al-Nahda» klubini 2:0 hisobida mağlub etdi.
Natijada «Al-Taavun» 10 oçko bilan guruhda peşqadamiga aylandi, «Al-Rayyan» esa 9 oçko bilan ikkinçi örinda qoldi. Şuningdek, «Al-Faysali» 3 oçko bilan uçinçi, «Al-Nahda» esa 1 oçko bilan törtinçi örinda qayd etildi. Beşinçi turda 25-noyabr kuni «Al-Faysali» — «Al-Rayyan» va «Al-Taavun» — «Al-Nahda» uçraşuvlari bölib ötadi.

OÇL-2 musobaqaning «D» guruhida Iroqning «Al-Şorta» jamoasi safarda Iordaniyaning «Al-Husayn» klubini 3:0 hisobida mağlub etdi. Yana bir uçraşuvda Ummonning «Al-Sib» jamoasi Hindistonning «Ist Bengal» klubidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Törtinçi turdan keyin «Al-Şorta» 10 oçko bilan guruh yetakçisi bölib turibdi. «Al-Husayn» 5, «Al-Sib» 4 oçko bilan 2-3 poğonalarga joylaşdi. «Ist Bengal» esa 2 oçko bilan törtinçi örinni egallagan. Endi 24-noyabr kuni «Ist Bengal» — «Al-Husayn» va «Al-Sib» — «Al-Şorta» jamoalari bahsiga guvoh bölamiz.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA