Dunyoning eng kuçli samboçilari Toşkentda jahon çempionligi uçun kuraşmoqda
Bugun, 6-noyabr kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya şaharçasi" sport maydonida sambo böyiça kattalar örtasidagi 50-jahon çempionati boşlandi.
100 ga yaqin mamlakatdan 700 nafarga yaqin sportçilar iştirok etayotgan jahon çempionatining bugungi bellaşuvlarida sport sambosida erkaklar -58, -79 kilogrammda, ayollar -50 kilogrammda, jangovar samboda erkaklar -64, -88 kilogrammda, ayollar +80 kilo oğirlikda, şuningdek, közi ojiz erkak sportçilar örtasida -64, -79, -98 kilogrammda, qizlar -50 va -59 kilogrammda ğoliblik uçun kuraş olib borişadi.
Keça mazkur jahon çempionati oldidan Özbekiston Respublikasi Cport vazirligi binosida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy Şestakov, Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov, samboning jahondagi elçilari, sport afsonalari Fyodor Yemelyanenko va Islam Maxaçev, Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev hamda Özbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbari Alişer Alimov jahon çempionatining ahamiyati, musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari, taşkiliy masalalar hamda xalqaro turnir doirasida amalga oşiriladigan tadbirlar haqida maʼlumot berib ötdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekistonda yaratilgan şart-şaroitlar, qisqa fursatda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualari jahonda sport harakatining ommalaşişiga ijobiy taʼsir körsatayotganini eʼtirof etdi.

Sambo böyiça tarixiy 50-jahon çempionatining Toşkentda taşkil etilayotgani mazkur sport turining xalqaro rivojida beqiyos ahamiyat kasb etayotganini aytib ötdi.
Anjumanda qatnaşgan afsonaviy samboçilar Fyodor Yemelyanenko va Islam Maxaçev jurnalistlarning savollariga javob beriş asnosida özbek sportida qisqa fursatda yuz bergan global özgarişlar, yangilanişlar, sportçilarga yaratilgan şart-şaroit va eʼtibor har qanday davlat örgansa, andoza olsa arzişini bildirdi.

Jahon çempionatining bugungi bellaşuvlarida Özbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Ilhom Parmonov, Şohjahon Temirov, Bahodir Boqiyev, Mirzatilla Egamnazarov, Sevinç Isroilova va Sevara Saʼdullayeva sambo va jangovar sambo bellaşuvlarida, Isoq Abdurahmonov, Laziz Qahhorov, Olmas Raimov, Çaros Ortiqova hamda Nasiba Boboqulova közi ojiz sportçilar örtasidagi kuraşlarda sovrinli örinlarga daʼvogarlik qiladi.
Musobaqalar 8-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA