Polvonlarimiz Tailandda hozircha 12 ta medal jamg‘ardi
Tailandning Siracha shahrida sport kurashlari bo‘yicha U15 va U20 yosh toifalarida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
U20 yosh toifasida ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda qizlarimiz orasida vazni -68 kg. bo‘lgan Feruza Esenboyeva finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Nilufar Nurmuhammadova, Sohibjamol Esbo‘sinova, Gulmira Aytmuratova, Nigina Sobirova hamda Miyasar Qo‘shmuratova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu yosh toifasidagi yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda 1 ta oltin va 5 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi. Bugungi natijalardan so‘ng U20 toifasidagi medallarimiz soni 12 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA