Paxtakorda qişga tayyorgarlik: taʼlim muassasalarini isitiş va içimlik suvi taʼminoti
Qişning sovuq nafasi avvalo issiqlikka muhtoj bolalar dargohida, içimlik suviga ehtiyojmand xonadonlarda, uzluksiz xizmat körsatişi şart bölgan infratuzilma tizimlarida seziladi. Şu bois kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikni binolarni közdan keçiriş, zaxiralarni sanaş yoki hisobotlarni taqqoslaş bilan baholab bölmaydi. Uning haqiqiy mezoni insonlarning kundalik hayotida aks etadigan amaliy natijadir.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Respublika işçi guruhi va tuman hokimligi vakillari iştirokida taʼlim muassasalari hamda suv taʼminoti tizimining kuz-qiş mavsumiga şayligi örganildi. Xususan, 12-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti va 8-sonli maktabdagi isitiş tizimlarining texnik holati közdan keçirilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça masʼullarga topşiriqlar berildi.
Bu talablar esa masʼullardan şunçaki tadbirkorlikni emas, tizimli yondaşuvni, tezkorlik va ijro intizomini taqozo etadi.
Paxtakorda tuman hokimi örinbosari Farhodjon Kubayev boşçiligidagi işçi guruhning 12-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazgan örganişlari ana şu jihatdan ahamiyatli böldi.


Dastlab muassasaning isitiş tizimi, qozonxonalarning texnik holati, mavjud kömir zaxirasi közdan keçirildi. Guruh xonalaridagi harorat, sanitariya şaroitlari va yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişiga eʼtibor qaratildi.
Aslida, maktabgaça taʼlim taşkilotidagi har bir texnik masala ortida bolalar salomatligi va xavfsizligi bilan boğliq masʼuliyat mujassam. Isitiş tizimidagi kiçik nosozlik ham sovuq kunlarda bolalar uçun noqulay şaroitni yuzaga keltirişi mumkin. Demak, bu yerda masala mavjud uskunalarni işlatiş bilangina çeklanmaydi, balki ehtimoliy muammolarning oldini oliş, mavsum davomida barqaror işlaşni taʼminlaşdan iborat.
Işçi guruh aʼzolari örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni tezkor bartaraf etiş yuzasidan soha masʼullariga aniq vazifalar yukladi.
Biroq qişga tayyorgarlik faqat taʼlim muassasalaridagi issiqlik taʼminoti bilan ölçanmaydi. Aholining turmuş sifatiga bevosita taʼsir körsatadigan yana bir muhim yönaliş içimlik suvi taʼminotidir.


Tumandagi suv taʼminoti korxonasi va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik ştabi faoliyatini örganiş jarayonida ham masalaning şu jihatlariga eʼtibor qaratildi. Tuman hokimi örinbosari suv yetkazib beriş sifati, taʼminot uzluksizligi hamda ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalarini tahlil qildi.
Bu bejiz emas. Çunki suv taʼminotidagi har qanday uziliş, avvalo, aholining kundalik ehtiyojlariga taʼsir körsatadi. Ayniqsa, mavsumiy şaroit oğirlaşgan davrda tizimning har bir böğini işonçli işlaşi, yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarga tezkor çora köriş imkoniyati mavjud bölişi zarur.
Şu maʼnoda, suv taʼminoti korxonasi faoliyatini örganişni faqat mavsumiy nazorat tadbiri sifatida emas, balki aholi manfaatlariga xizmat qiladigan infratuzilma barqarorligini baholaş sifatida ham tuşuniş lozim.

Bugun bu yönalişdagi vazifalar davlat siyosati darajasida ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyuldagi “Içimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada yaxşilaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida 2026-2027-yillarda sohani kompleks rivojlantiriş, suv taʼminoti barqarorligini oşiriş va infratuzilmani modernizatsiya qilişga qaratilgan vazifalar belgilangan.
Bu vazifalarning hududlardagi ijrosi esa, avvalo, mavjud tizimlarning işonçliligi, xizmatlar sifati va aholi ehtiyojlariga öz vaqtida munosabat bildirişda namoyon böladi. Zero, har qanday islohotning amaliy qiymati odamlar hayotida sezilgan özgariş bilan ölçanadi.
Paxtakor tumanidagi örganişlar taʼlim tizimidagi yana bir muhim böğin – 8-sonli umumtaʼlim maktabini ham qamrab oldi. Tuman hokimi örinbosari F.Kubayev boşçiligidagi işçi guruhning tungi örganişlari davomida muassasaning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi közdan keçirildi.
Isitiş tizimi, sinfxonalardagi harorat, elektr energiyasi taʼminoti va xavfsizlik holatiga alohida eʼtibor qaratildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, öquvçilar uçun zarur şaroitlarni yaratiş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar yuklatildi.
Bu yerda ham masalaning mohiyati oddiy: maktab eşiklari oçiq turgani bilan uning mavsumga tayyorligi taʼminlangan hisoblanmaydi. Öquvçi sinfxonaga kirganida özini qulay va xavfsiz muhitda his qilişi, taʼlim jarayoni ob-havo şaroitidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda davom etişi kerak. Bu esa muassasa rahbariyati va sohaviy masʼullarning kundalik eʼtibori hamda nazoratini talab etadi.

Eʼtiborlisi, örganişlar uçta muhim yönalişni qamrab oldi. Bular maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim va suv taʼminoti tizimidir. Ularni birlaştirib turgan maqsad esa bitta. Bu – aholi uçun munosib şaroit yaratiş va xizmatlar barqarorligini taʼminlaş.
Ammo şu örinda muhim bir jihatni unutmaslik lozim: örganiş davomida berilgan topşiriqlar bajarilgan taqdirdagina özining amaliy qiymatiga ega böladi. Aks holda, aniqlangan kamçiliklar yana takrorlanişi, mavsumning eng masʼuliyatli pallasida aholi duç keladigan muammolar saqlanib qolişi mumkin.
Şu bois Paxtakor tumanidagi örganişlarning mantiqiy davomi sifatida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiliş, aniqlangan kamçiliklarning bartaraf etilganini amalda tekşiriş va natijalarni baholaş muhimdir.
Qiş mavsumida hisobotlardan köra, issiqlik va elektr taʼminotining barqarorligi, toza içimlik suvi yetkazib berilişi muhimroqdir. Aholi uçun tayyorgarlikning asosiy körsatkiçi ham aynan şu omillar bilan belgilanadi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri