STEAM yönalişidagi eng yaxşi innovatsion loyihalar taqdirlandi
Toşkent şahridagi «Hilton Tashkent City» mehmonxonasida Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alfraganus universiteti hamkorligida “Xalqaro STEAM Assambleyasi – 2026” tadbiri taşkil etildi.
Xalqaro STEAM taʼlim kuni hamda Tinçlik va taraqqiyot yölidagi umumjahon ilm-fan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda davlat taşkilotlari, xalqaro taşkilotlar vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, pedagoglar, tadqiqotçilar hamda yoş innovatorlar iştirok etdi.
Assambleyadan közlangan asosiy maqsad taʼlim oluvçilar va pedagoglarning STEAM kompetensiyalarini rivojlantiriş, ilmiy-innovatsion ğoyalarni amaliy yeçimlarga aylantiriş, ilğor milliy va xalqaro tajribalarni ommalaştiriş hamda taʼlim, fan va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.

Tadbirda Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi direktori Şahzodbek Kurbaniyazov sözga çiqib, STEAM yondaşuvini uzluksiz taʼlim tizimiga joriy etiş, öquvçilarning ijodiy va tadqiqotçilik könikmalarini rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.
“Bugungi kunda taʼlim oluvçilarda fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika yönalişlarini özaro boğliq holda örganiş könikmalarini şakllantiriş muhim ahamiyatga ega. STEAM yondaşuvi öquvçini tayyor maʼlumotni özlaştiriş bilan çeklamaydi: u savol berişga, izlanişga, tajriba ötkazişga, jamoada işlaşga va öz ğoyasini amaliy yeçimga aylantirişga undaydi.
Şu maqsadda Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan uzluksiz taʼlim bosqiçlariga möljallangan STEAM metodik qöllanmalar turkumi işlab çiqildi. Uşbu qöllanmalar maktabgaça taʼlimdan boşlab maktab, kasbiy taʼlim, biznes va innovatsiyalar bosqiçigaça STEAM yondaşuvini izçil rivojlantirişga qaratilgan.

Ularda pedagoglar uçun amaliy tavsiyalar, maşğulot va loyiha namunalari, taʼlim oluvçilarning ijodiy hamda tadqiqotçilik könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladigan yondaşuvlar jamlangan.
Qöllanmalarning samarasi, avvalo, taʼlim muassasalarida amalda qöllanilişi va pedagoglar örtasida keng ommalaşişiga boğliq. Taʼlim, fan, işlab çiqariş va tadbirkorlik örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, istiqbolli STEAM loyihalarini aniqlaş va qöllab-quvvatlaş barçamizning umumiy vazifamizdir”, — dedi Şahzodbek Kurbaniyazov.
Şuningdek, Markaz tomonidan maktabgaça, umumiy örta, kasbiy taʼlim hamda biznes va innovatsiya yönalişlari uçun işlab çiqilgan “STEAM START”, “STEAM LAB”, “STEAM PRO” va “STEAM BIZ” amaliy-metodik qöllanmalari haqida maʼlumot berildi.

Anjumanda YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastilo sifatli va inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş, bolalarning zamonaviy könikmalarini şakllantiriş hamda taʼlimda teng imkoniyatlarni taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratdi.
“Har bir bola öz qobiliyatini kaşf etiş va rivojlantiriş imkoniyatiga ega bölişi kerak. STEAM yondaşuvi bolalarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlaş, hamkorlik qiliş va muammolarga yeçim topiş könikmalarini şakllantirişga yordam beradi.
Biroq taʼlimdagi innovatsiyalar barça bolalar uçun oçiq va qulay bölişi muhim. Yangi texnologiyalar mavjud tafovutlarni kuçaytirmasligi, aksinça, ularni kamaytirişga xizmat qilişi zarur.

Biz uçun eng muhim vazifa har bir bolaning yaşaş joyi va imkoniyatlaridan qatʼi nazar, sifatli, inklyuziv va zamonaviy taʼlimdan foydalanişini qöllab-quvvatlaşdir”, — dedi Rexina Mariya Kastilo.
YUNESKOning Toşkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noşadi taʼlimda fanlararo yondaşuvlarni rivojlantiriş, ilmiy tafakkur va ijodkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda innovatsion yeçimlarning barqaror taraqqiyotdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
“Bugungi dunyoda iqlim özgarişi, texnologik taraqqiyot va jamiyat oldidagi murakkab muammolarni faqat bitta fan doirasidagi bilimlar bilan hal etiş qiyin. STEAM yondaşuvi turli fanlarni özaro boğlaş, öquvçilarni mustaqil tadqiqot olib borişga va yangi yeçimlar yaratişga yönaltiriş imkonini beradi.

Bunda texnologik bilimlar bilan bir qatorda ijodkorlik, axloqiy masʼuliyat va insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantiriş ham muhimdir. Taʼlimdagi innovatsiyalarning haqiqiy qiymati ularning inson hayoti, jamiyat farovonligi va barqaror taraqqiyotga qöşadigan hissasi bilan belgilanadi”, — dedi Sara Noşadi.
Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismoilov esa istiqbolli ilmiy loyihalarni tanlovdan keyin ham qöllab-quvvatlaş, yoş tadqiqotçilarning işlanmalarini takomillaştiriş va ularni amaliyotga joriy etişda taʼlim muassasalari hamda işlab çiqariş korxonalari hamkorligini kuçaytiriş zarurligini qayd etdi.
“STEAM ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematikani yagona amaliy vazifa atrofida birlaştiradi. Yoşlarimiz har bir taklifini dalil bilan asoslaşni, tajribadagi xatoni tan olişni va yeçimni takomillaştirişni örganişi zarur. Istiqbolli loyihalarning tanlovdan keyingi rivojini birgalikda qöllab-quvvatlaş muhim.

Ilmiy maslahat, tajriba-sinov va işlab çiqaruvçi bilan muloqot yoş muallifga öz işlanmasini takomillaştiriş imkonini beradi. Bugungi tanişuvlar ertaga aniq vazifasi, hamkori va kutilayotgan natijasi belgilangan qöşma loyihalarga aylanişini istardim”, — dedi Azizbek Ismoilov.
Assambleya doirasida “FIRST Global Challenge – 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi ğoliblarining taqdimoti, xalqaro va mahalliy ekspertlar iştirokida tajriba almaşiş sessiyalari hamda innovatsion STEAM loyihalari namoyişi taşkil etildi.

Tadbirning muhim qismlaridan biri STEAMning beşta yönalişi böyiça eng yaxşi innovatsion loyihalar taqdimoti böldi. Unda quyidagi loyihalar namoyiş etildi:
Science — eng yaxşi ilmiy-tadqiqot loyihasi: Navoiy şahridagi Prezident maktabi öquvçisi Bektoş Röziqulovning tuproq materiallari va mikrostrukturaviy xususiyatlariga oid tadqiqoti;
Technology — eng yaxşi texnologik yeçim: Buxoro davlat texnika universiteti vakillari Ruxşona Rustamova, Zarina Rözimurodova va Aziza Alimova tomonidan işlab çiqilgan işçilar hamda öquvçilarga möljallangan veb-platforma;
Engineering — eng yaxşi muhandislik yeçimi: Buxoro davlat texnika universiteti vakillari Asliddin Jörayev, Sardor Orziyev va Qadam Röziqulovning kiçik hajmli kanallarga beton qoplama yotqizadigan maşina loyihasi;
Arts — eng yaxşi kreativ STEAM yeçimi: Buxoro Prezident maktabi öquvçisi Ruxşora Ramazonovaning plastik paketlarni ekologik toza moda aksessuarlariga aylantirişga qaratilgan loyihasi;
Mathematics — eng yaxşi matematik va analitik yeçim: Guliston şahridagi 1-son ixtisoslaştirilgan maktab-internat öquv işlari böyiça direktor örinbosari Avazbek Jalilovning Excel dasturi yordamida maktab jadvalini avtomatik şakllantirişga oid loyihasi.

Tadbir yakunida eng yaxşi innovatsion STEAM loyihalari mualliflarini taqdirlaş marosimi ötkazildi. Assambleya taʼlim, ilm-fan, texnologiya va işlab çiqariş sohalari vakillari örtasida tajriba almaşiş, istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda yangi hamkorlik taşabbuslarini rivojlantiriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qildi.
ÖzA