Navoiy merosi — maʼnaviyat va maʼrifatning beqiyos çaşmasi
Bugun Navoiy davlat universitetida buyuk mutafakkir, söz mulki sultoni, turkiy adabiyotning uluğ namoyandasi Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan navoiyşunoslar forumi bölib ötdi.
Uluğ mutafakkirning boy adabiy-ilmiy merosini çuqur örganiş, uning bebaho asarlarida mujassam bölgan adabiy-estetik qaraşlar, umumbaşariy qadriyatlar va maʼnaviy-maʼrifiy ğoyalarni keng tarğib etişga qaratilgan anjuman çinakam ilmiy va maʼrifiy muloqot maydoniga aylandi.

Anjumanda Alişer Navoiyning turkiy adabiyot taraqqiyotidagi beqiyos örni, özbek adabiy tilining şakllanişi va rivojiga qöşgan ulkan hissasi, asarlarining badiiy-falsafiy mohiyati, şuningdek, navoiyşunoslikning bugungi dolzarb masalalari atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, buyuk şoir merosini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tadqiq etiş, uning asarlari mazmun-mohiyatini yoş avlodga teranroq tuşuntiriş hamda Navoiy ijodiga bölgan qiziqişni yanada oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot çoğida Alişer Navoiy ijodi kelajak avlod uçun hayotiy saboq, maʼnaviy mezon va ulkan tafakkur maktabi ekani eʼtirof etildi. Uning asarlarida uluğlangan adolat, ezgulik, insonparvarlik, ilm-maʼrifat va komillik ğoyalari asrlar oşa insoniyatni yuksaklik sari çorlab kelayotgani alohida taʼkidlandi.
Mazkur forum buyuk mutafakkir merosini yanada teran anglaş, navoiyşunoslik ilmiy maktabini rivojlantiriş hamda ilmiy izlanişlar samaradorligini oşiriş yölidagi muhim maʼrifiy qadamlardan biri böldi.
ÖzA