“World Savings Day – 2026”: öquvçilar uçun moliyaviy savodxonlik darsi
Kiçik jamğarmalardan katta orzular sari. Bu safar moliyaviy savodxonlik saboqlari Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi Börijar mahalla fuqarolar yiğini hududidagi maktab öquvçilari uçun qiziqarli va interaktiv şaklda taşkil etildi.
“World Savings Day – 2026” (Butunjahon jamğariş kuni) loyihasi doirasida “Özmilliybank” AJ tomonidan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda bankka biriktirilgan mahalla kutubxonasida “Savings and Deposits” (Jamğarma va omonatlar) mavzusida moliyaviy savodxonlik böyiça interaktiv mahorat darsi ötkazildi.
“Savings and Deposits” — jamğarişni bolalikdan örganamiz
“Özmilliybank” AJ uçun yoş avlodning moliyaviy savodxonligini oşiriş — kelajakda öz mablağlarini oqilona boşqara oladigan, masʼuliyatli va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalaşga qöşilgan muhim hissadir.

Maşğulot davomida öquvçilar pulni tejaş, şaxsiy mablağlarni töğri taqsimlaş, jamğarma şakllantiriş hamda bank omonatlarining ahamiyati haqida dastlabki bilimlarga ega böldi. Mavzu bolalarning yoşi va qiziqişlariga mos ravişda, sodda hayotiy misollar va interaktiv usullar orqali tuşuntirildi. Öquvçilar kundalik xarajatlar, ehtiyoj va istaklar örtasidagi farq hamda öz orzulari uçun mablağ jamğarişning ahamiyati haqida fikr yuritdi.

Interaktiv maşğulotlar — bilimni amaliyotda mustahkamlaş
Uçraşuvning eng qiziqarli qismi bolalarning faol iştirokida ötgan interaktiv maşğulotlar böldi. Savol-javoblar, qiziqarli topşiriqlar va hayotiy vaziyatlar misolida öquvçilar öz moliyaviy bilimlarini sinab köriş, mustaqil qaror qabul qiliş hamda jamğariş böyiça yangi ğoyalarini örtoqlaşiş imkoniyatiga ega böldi. Bunday yondaşuv moliyaviy tuşunçalarni bolalar uçun yanada qiziqarli va tuşunarli qiliş bilan birga, ularni faol fikrlaşga va olgan bilimlarini kundalik hayotda qöllaşga undadi.

Mahalla kutubxonalarida taşkil etilayotgan bunday uçraşuvlar nafaqat bolalarning moliyaviy bilimlarini boyitiş, balki ularning kitobxonlikka, bilim olişga va şaxsiy rivojlanişga bölgan qiziqişini rağbatlantirişga ham xizmat qiladi. Zero, katta moliyaviy maqsadlar kiçik, ammo töğri qadamlardan boşlanadi.
“Özmilliybank” AJ
Matbuot xizmati