“Parij-2024”: Diyora chorak finalga yo‘l oldi
Bugun, 28 iyul kuni “Parij-2024” Olimpiadasida delegatsiyamiz a’zolari orasida bahslarni dzyudochilarimiz boshlab berdi.
Ayollar o‘rtasidagi -52 kg. vazn toifasida bahslarning 1/8 final bosqichidan ishtirokini boshlagan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova yaponiyalik Uta Abega qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda Diyora ippon evaziga yaponiyalik Olimpiada va to‘rt karra jahon chempionini mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA