Özbekistonning qum va çang böronlariga qarşi kuraşiş taşabbuslari muhokama qilindi
Qum va çang böronlari şunçaki ob-havo hodisasi emas, balki aholi salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikka töğridan-töğri xavf soluvçi jiddiy ekologik muammodir.
BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi pavilonida Qum va çang böronlariga qarşi kuraşiş ön yilligi (2025–2034-yillar) dasturini amaliyotga tatbiq etişga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Ilğor tajribalar va hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni safarbar etişga qaratilgan panel muhokamasida Özbekiston Milliy iqlim özgarişi markazi direktori Farrux Sattorov maʼruza bilan iştirok etdi. Maʼruzada Orol dengizining qurişi ortidan yuzaga kelgan ekologik oqibatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, qum va çang böronlari şunçaki ob-havo hodisasi emas, balki aholi salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikka bevosita xavf soluvçi jiddiy transçegaraviy muammodir.
Şu bois mintaqada infratuzilmani rivojlantiriş, çang manbalarini sunʼiy yöldoş orqali monitoring qiliş, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş hamda yaylov va suv resurslaridan oqilona foydalaniş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu çora-tadbirlarning zamirida, eng avvalo, aholi salomatligini muhofaza qilişdek ustuvor maqsad yotadi.
Qayd etilişiça, ekotizimlar degradatsiyasi natijasida qariyb 3 million gektar yer foydalanişga yaroqsiz holga kelgan bölib, uşbu hududning 56 foizdan ortiği kuçli şamol eroziyasiga uçramoqda. Yerlarning degradatsiyasi va çöllanişi oqibatida Özbekistonga yetkazilayotgan yillik iqtisodiy zarar esa 830 million dollarga baholanmoqda.
Jahon banki bilan hamkorlikda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, Toşkent şahri havosidagi PM2.5-mayda zarraçalarining yillik örtaça miqdorida taşqaridan şamol bilan kirib keladigan çangning uluşi 36 foizgaça yetadi. Qurğoqçil yoz oylarida esa bu körsatkiç 50 foizdan oşadi.
Tadbirda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlar ham taqdimot qilindi. Xususan, 2024–2030-yillarga möljallangan Çang böronlariga qarşi kuraşiş milliy dasturi qabul qilingan. Unda 2028-yilga qadar kuçli çang böronlarining yuzaga keliş jadalligini 50 foizga kamaytiriş maqsad qilingan.
Ayni paytda atmosfera havosi sifatini kuzatiş böyiça 347 ta avtomatlaştirilgan stansiyadan iborat yagona monitoring tarmoğini yaratiş, köp omilli erta ogohlantiriş tizimini rivojlantiriş, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş hamda himoya yaşil belboğlarini barpo etiş işlari jadal olib borilmoqda.
Muhokama yakunida milliy ekologik dasturlarni xalqaro moliya institutlari, BMT agentliklari va rivojlaniş böyiça hamkorlar iştirokida aniq investitsiya loyihalariga aylantiriş muhimligi alohida taʼkidlandi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi maʼlumotiga köra, tadbirda mintaqaviy hamkorlikning istiqbolli mexanizmlari sifatida muhokama qilinayotgan “Yaşil Markaziy Osiyo” jamğarmasi hamda Markaziy Osiyo iqlim markazini taşkil etiş taşabbuslarining yuqori salohiyati alohida qayd etilgan.
A.RUSTAMOV,
ÖzA