Özbekistonlik şaxmatçi qiz havaskorlar örtasida jahon çempionati sovrindori böldi
Malayziyaning Klang şahrida ötkazilgan “FIDE World Amateur Chess Championships 2026” musobaqasida mahoratli şaxmatçi qizimiz Mumtozbegim Mansurova kumuş medalni qölga kiritdi.
Dunyoning 45 mamlakatidan 393 nafar şaxmatçi iştirok etgan mazkur jahon çempionatida erkaklar va ayollar 3 tadan toifadagi musobaqalarda ğoliblik uçun kuraş olib borişdi.
Çempionatning U2300 reyting toifasidagi ayollar musobaqasida işonçli dona surgan Mumtozbegim Mansurova 9 tur davomida 6 ta ğalaba, 2 ta durang va 1 ta mağlubiyat qayd etib, 7 oçko jamğardi.
Uşbu körsatkiç tufayli hamyurtimiz M. Mansurova jahon çempionatining kumuş medaliga sazovor bölişi ortidan musobaqa yakunida özining xalqaro reytingini 68,4 punktga oşirişga muvaffaq böldi.Oltin medal 7,5 oçko jamğargan hindistonlik Pavitraga nasib etdi.

“FIDE World Amateur Chess Championships 2026”ning erkaklar guruhida U2300 reyting toifasida qatnaşgan hamyurtimiz Avazbek Işboyev 79 nafar iştirokçi orasida 5 oçko bilan 24, U2000 reyting guruhida Muhammadrizo Umarov 115 nafar qatnaşçi içida 6,5 oçko bilan 5-örinni, U1700 reyting toifasida dona surgan Saidamir Tohirov 113 nafar şaxmatçi orasida 6 oçko bilan 16-poğonani band etdi.
Tölqin Röziyev, ÖzA