Özbekistonlik çorvador fermerlar Xitoyning robotlaştirilgan majmuasi tajribasini örganmoqda
Mahalliy çorvaçilikni modernizatsiya qiliş va fermerlar faoliyati samaradorligini oşiriş qişloq xöjaligida yuqori natijalarga olib keladi. Bu borada Xitoy tajribasini amaliyotga tatbiq etiş hamda tadbirkorlar örtasida yangi hamkorlik loyihalarini yölga qöyiş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasida bölib turgan 200 ga yaqin özbekistonlik çorvador fermerlardan iborat delegatsiya öz taşrifini Xux-Xoto şahridagi “Chilechuan Ecological Wisdom Pasture” zamonaviy çorvaçilik majmuasidan boşladi.
Qariyb 750 gektar maydonni egallagan uşbu majmua 2022-yilda foydalanişga topşirilgan bölib, bir vaqtning özida 12 ming boş qoramolni parvarişlaş quvvatiga ega. Loyihaning umumiy qiymati 700 million yuanni taşkil etadi.
Majmuada soğiş va oziqlantiriş jarayonlari töliq robotlaştirilgan. Qoramollarning salomatligi va mahsuldorligi esa raqamli tizimlar orqali nazorat qilinadi. Şuningdek, bu yerda çorvaçilik çiqindilari qayta işlanib, organik öğit tayyorlanadi.

Taşrif davomida fermerlar sut çorvaçiligini taşkil etiş, naslli qoramollarni parvarişlaş, zamonaviy oziqlantiriş va soğiş texnologiyalari, şuningdek, işlab çiqariş jarayonlarini raqamlaştiriş böyiça Xitoy tajribasi bilan yaqindan tanişdilar.
Fermerlar uçun eng qiziqarli jihatlardan yana biri loyihaning iqtisodiy samaradorligi böldi. Özbekiston Savdo-sanoat palatasi maʼlumotiga köra, delegatsiya aʼzolari ozuqa xarajatlari, sut mahsuldorligi, işlab çiqariş tannarxi va zamonaviy uskunalar qiymatini atrofliça örgandi. Şuningdek, Özbekistonda ham şunday majmualarni barpo etiş va ilğor texnologiyalarni joriy qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA