O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari oshib bormoqda (+video)
O‘zbekistonga chet eldan pul o‘tkazmalari hajmi 2026-yilning birinchi choragida 3,8 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori sharhida so‘z boradi.
Regulyatorning qayd etishicha, o‘tkazmalar tarkibida mamlakatlar bo‘yicha diversifikatsiya davom etmoqda. Jami tushumlar hajmida Rossiyaning ulushi o‘tgan yilning birinchi choragidagi 77,6 foizdan 72,4 foizgacha kamaydi.
Markaziy bank buni bir qancha omillar, xususan, yil boshidan buyon patentlar qiymatining oshishi, mart oyida rubl kursining pasayishi, shuningdek, mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarining kengayishi bilan izohlaydi.
Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari umumiy hajmida Qozog‘istonning ulushi 1 foizlik punktga oshib, 4,1 foizga yetdi. Yevropa davlatlarining ulushi ham 1 f.p.ga oshib 3,3 foizni, Janubiy Koreya ulushi esa 0,6 f.p.ga oshib 4,1 foizni tashkil etdi. Boshqa mamlakatlar ulushi 2,6 f.p.ga o‘sib, 16,2 foizga yetdi.
Pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 3,8 mlrd dollardan kelib chiqilsa, Rossiya hissasiga taxminan 2,75 mlrd dollar, qolgan mamlakatlar hissasiga esa qariyb 1,05 mlrd dollar to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, Qozog‘iston va Janubiy Koreyaga taxminan 156 mln dollardan, Yevropa mamlakatlariga qariyb 125 mln dollar, boshqa davlatlarga esa taxminan 616 mln dollar to‘g‘ri kelgan.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/TusSZgfTo5A" title="O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari oshib bormoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA