Özbekistonda yagona va dunyoda ikkitadan bitta
Xorazmdagi trolleybus tizimiga bugun şunday tarif berilmoqda. Çunki, Urganç - Xiva yönalişidagi trolleybus tizimi nafaqat Özbekistonda saqlanib qolgan yagona trolleybus tarmoği, balki dunyo transport xaritasidagi öta noyob şaharlararo, magistral trolleybus yönalişlaridan biridir.
Şaharlarni bir-biri bilan boğlovçi uzun trassali trolleybus tizimlari dunyoda ikkita bölib, bittasi Xorazm vohasida bölsa, ikkinçisi Qrim ölkasidagi “Simferopol - Aluşta – Yalta” yönalişidir.
Xorazmda trolleybus tizimi 1997-yilda işga tuşirilgan bölib, birinçi bosqiçda faqat Urganç şahri içida, 1998-yilda ikkinçi bosqiçda Urganç va Xiva şaharlari örtasida harakatlana boşlagan. 2002-yilda Urganç şahar içki liniyasi yopilib, faqat Urganç - Xiva yönalişi qoldi. 2010-yilda poytaxtimiz Toşkentda trolleybus harakati töxtatilgaç, Xorazm tizimi Özbekistondagi yagona trolleybus tarmoğiga aylandi. Uşbu yönalişning bir tomonlama qatnov masofasi 38.8 kilometrni taşkil qiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 17-18-avgust kunlari Xorazm viloyatiga taşrifi çoğida davlatimiz rahbariga Xiva şahrida yangi rusumdagi 10 ta zamonaviy trolleybuslarning taqdimoti qilingan edi.
Xitoy davlatida işlab çiqarilgan “Yutong” zamonaviy trolleybuslari şu yilning 27-oktabr sanasidan yönalişga qöyildi. Tarmoqning transport tarixiga nazar solsak, taşkil qilinganidan söng 2013-yilga kelib, Çexiyaning “Şkoda” rusumli 9 ta trolleybuslari olib kelinib, liniyaga qöyilgan.
Trolleybus zamonaviy şahar va şaharlararo transport tizimida ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Biroq, eski trolleybuslar allaqaçon öz vazifasini bajarib bölgan hamda köp va uzluksiz energiya talab etardi.
Trolleybus xizmatidan köp yillar davomida foydalanib kelgan yölovçilar yaxşi bilsalar kerak. Baʼzan yölda ketayotib, trolleybusning “Şoxlari” yaʼni ştangalari kontakt simlaridan çiqib ketişi, elektr uzilişlari yoki taʼmirlaş işlari va hokazo. Bularning bari yölovçilarning ança vaqtini olib, toqatini sinovdan ötkazar edi.
Endilikda yangi trolleybuslar işga tuşgaç, bunday muammolar barham topdi. Çunki yangi rusumdagi trolleybuslar 100 kilometrgaça avtonom, yaʼni elektr tokisiz, özining zaxira quvvati bilan harakatlana oladi. Bu esa yölovçi va haydovçilarga bir qator yengillik va qulayliklarni yaratdi.
- Köp yillardan buyon trolleybus boşqaraman, - deydi haydovçi Sardor Sodiqov. - Haqiqatdan ham, yangi trolleybuslar juda qulay. Ilgari yölda biror tösiq çiqsa, aylanib öta olmas edik. Bugungi zamonaviy trolleybuslarda kiçik hajmli avtonom batareyalar örnatilgan bölib, ular sim uzilgan yoki taʼmirlanayotgan joylarda 100 kilometrgaça simsiz, oddiy elektrobus kabi bemalol harakatlana oladi. Bu degani yönaliş böyiça ikki tomonga elektrsiz borib kelolamiz. Salonda iqlim nazorati örnatilgan bölib, yozda salqin, qişda issiq havo bilan taʼminlaydi. Transport içida ham, taşqarisida ham kuzatuv kameralari örnatilgan bölib, barça yölovçilar va yon atrofni monitor orqali kuzatiş imkoniyati mavjud. Eng muhimi, bu trolleybuslar harakatlaniş vaqtida haydovçini çarçatmaydi. Yumşoq, şovqinsiz va yengil harakatlanadi.
Urganç – Xiva yönalişida oldinlari 9 ta eski trolleybuslar kuniga 2,5 ming nafar yölovçiga xizmat körsatayotgan bölsa, tarkib yangilangandan söng ularning soni 10 taga, qatnovlar soni 56 tadan 72 taga va yölovçilar soni 6,5 ming nafarga yetkazildi. Urganç-Xiva-Urganç yönalişida xizmat körsatiş oraliği esa 25 daqiqadan 12 daqiqaga qisqardi.
- Urganç xalqaro aeroporti, Urganç temir yöl vokzali va Xiva temir yöl vokzalini boğlovçi yangi yönaliş tarmoği taşkil qilinadi, - deydi “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasi rahbari Temurbek Sotimov. – Bugun yölovçilar oqimi ikki karra oşdi. Keyingi yildan trolleybus qatnovlarida kunlik yölovçi taşiş hajmini 10 ming nafarga, 2030-yilga borib esa qatnovlar sonini 132 ta va yölovçilar sonini kuniga 20 ming nafarga yetkaziş rejalaştirilgan. Yaqinda Urganç şahrida trolleybus saroyi rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirildi. Endilikda Xiva şahrida ham trolleybuslarni saqlaş joyi taşkil qilinadi.
[gallery-32511]
Har kuni kimdir öqiş yoki işga qatnaydi. Trolleybus esa öquvçi, talaba, işçi va mahalliy aholi uçun arzon, tinç, ekologik toza transportdir.
- Men har kuni işga borib keliş uçun şu transport xizmatidan foydalanaman, - deydi xivalik Şonazar Ibrohimov. – Yangi kelgan trolleybuslar juda şinam. Örindiqlari ham yumşoq va qulay. Eng muhimi ekologik toza. Oldinlari qatnovlar barqaror emas edi. Juda köp kutar edik. Uzilişlar köp bölar edi. Yöllarda buzilib, töxtab qolgan vaqtlari ham bölgan. Hozir esa ön daqiqada keladi. Meni ajablantirgan jihati, yöl çetida transport hodisa yoki transportlar turib qolgan bölsa, bemalol öz çiziğidan çiqib, aylanib ötib ketadi. Simda elektr kelmay qolsa ham, bemalol harakatlanib ketaveradi. Manzilga ham öz vaqtida yetkazadi. Biz bundan juda xursandmiz.
Taʼkidlaş lozimki, Urganç xalqaro aeroportidan Urganç temir yöl vokzaligaça bölgan masofada trolleybuslar uçun maxsus elektr tarmoği tortilmagan. Biroq, yangi yönalişda ham bugunda qatnovlar amalga oşirilmoqda.
- Yangi trolleybuslarimiz elektr tarmoği yöq joylarda ham harakatlangani uçun qatnovning şahar içidagi qismida avtobuslar uçun ajratilgan yölakdan öz quvvati bilan yuradi, - deydi “Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasi rahbari Temurbek Sotimov. – Şahardan çiqqaç, yana öz tarmoğiga ulanadi. Yana bir afzallik jihati şundaki, bu trolleybuslar tarmoqda yurgan paytida özini özi quvvatlaydi. Yangi trolleybuslar brutto-şartnoma asosida işga tuşirilgan. Xizmat körsatişda töliq naqdsiz şaklda tölov qabul qilinadi. Yölovçilar xavfsizligi uçun 19 ta maxsus kameralar bilan taʼminlangan. Şuningdek, nogironlar uçun, yoş bolalar uçun maxsus örindiqlar ajratilgan. Uyali aloqa vositalari va boşqa gadjetlarni quvvatlaş uçun ham imkoniyat mavjud.
Xorazm viloyati mamlakatimizda şiddat bilan rivojlanayotgan hududlardan biridir. Ayniqsa, turizm sohasi kun sayin yuksalayotgan vohada sayyohlar oqimi sönggi beş yillikda ön barobar köpaygan. Aholi va sayyohlar orasida transport xizmatlari sifatidan qoniqiş darajasi oşsa, mintaqaning investitsiya va turizm jozibadorligi oşadi.
Şunday ekan, butun dunyo elektrotransportga qaytayotgan bir paytda Xorazmning 29 yillik trolleybus tizimi bu şunçaki jamoat transporti yönalişi emas, balki vohaning öziga xos taşrif qoğozidir.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari