Banklarni sanatsiya qiliş tartibi belgilandi
Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qiliş tartibi böyiça muhim hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi. Bu qaror omonatçilar himoyasini kuçaytirişga qaratilgan yangi mexanizmlarni taqdim etadi.
Adliya vazirligi banklarni sanatsiya qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.
2026-yil 16-noyabrda qabul qilingan uşbu hujjat “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi qonun ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilindi. Taʼkidlanişiça, mazkur hujjat omonatçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etişga qaratilgan.
Şu örinda banklarni sanatsiya qiliş nima, degan savol tuğilişi tabiiy. Banklarni sanatsiya qiliş bu moliyaviy muammoga duç kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qoliş va moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş uçun amalga oşiriladigan maxsus çora-tadbirlardir.
Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda quyidagi 3 ta asosiy vosita qöllaniladi:
Aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş) — bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan kreditlari va omonatlarini boşqa bankka ötkaziş;
Oraliq bankni taşkil etiş — bankning muhim xizmatlarini davom ettiriş uçun 2 yilgaça faoliyat yurituvçi vaqtinçalik bank taşkil qiliş, hamda hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş — bank zararlarini qoplaş uçun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytiriş yoki aksiyalarga aylantiriş.
Maʼlum qilinişiça, omonatçilar uçun quyidagi kafolatlar ham nazarda tutilgan. Kafolatlangan omonatlar, şu jumladan ularning kafolatlaş çegarasidan oşadigan qismi hisobdan çiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi.
Omonatlar boşqa bankka ötkazilganda, omonatçilar bilan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi. Bankning aktivlari va majburiyatlari boşqa bankka yoki oraliq bankka ötkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini taʼminlaş çoralari köriladi.
Bankning zararlari birinçi navbatda aksiyadorlar hisobidan qoplanadi. Şuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.
Qayd etilişiça, bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Şerbek Islomov,
ÖzA